„Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti From Wikipedia, the free encyclopedia
Mehriddin Abdullayev Razzoqovich — 1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan[1]. „Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti[2], „O‘zbekneftgaz“ AJ boshqaruv raisi[3]. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, huquqshunos. 1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan[1]
Mehriddin Abdullayev | |
---|---|
Меҳриддин Раззоқович Абдуллаев | |
Oʻzbekneftgaz kompaniyasi raisi | |
Mansab davri 2021-yildan – 2023-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Siddiqov |
Vorisi | Bahodir Siddiqov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
27-noyabr 1969-yil Buxoro viloyati Jondor tumani |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Mukofotlari |
Mehriddin Abdullayev mehnat faoliyatini 2003-yili Jondor tumanidagi Markaziy bankda boshlagan. 2003−2006-yilllar oraligʻida bankning Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik mamlakatning bank tizimida turli lavozimlarida, xususan 2006−2010-yillarda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi rahbari, Milliy bank raisining birinchi o‘rinbosari, „Asaka“ banki filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.
2010-yildan mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davom ettirdi. 2010−2012-yillarda Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori, 2012−2015-yillarda Moliya vazirining o‘rinbosari, 2015−2016-yillarda Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016−yilda Buxoro viloyati hokimining huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar siyosati faoliyatini muvofiqlashtirish, maʼmuriy masalalar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari birinchi o‘rinbosari, 2017-yilda hokimliklarning boshqaruv tuzilmasi yangilanganidan keyin viloyat hokimining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2016−2017-yillar oraligʻida Buxoro viloyatining hokim o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan[4][5]
2017-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlashidan oldin ushbu palata raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan[5]. 2022-yil 4-sentyabrdagi Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan hamkasblariga tabrik yoʻllagan[6]. Mehriddin Abdullayev boshchiligida Bunyodkor klub rahbariyati, futbolchilar va fan klub aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021−2022-yillardagi klubdagi salbiy koʻrsatkichlarni keskin tanqid qildi[7].
2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.