Maymana
From Wikipedia, the free encyclopedia
Maymana (forscha/oʻzbekcha/pushtucha: میمنه) — Afgʻonistonning shimoliy qismidagi shahar[3]. Baqtriya vodiysidagi vohada joylashgan. Foryob viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 149 040[2] (koʻpchiligiii oʻzbeklar tashkil etadi; 2015-yil). Avtomobil yoʻllari tuguni. Jun, qorakoʻl, koʻn-teri, don va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi markazi. Qoʻlda gilam toʻqilali. Toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari tayyorlanadi. M. atrofida bugʻdoy zkiladi, qorakoʻl qoʻylari boqiladi.
Maymana | |
---|---|
shahar | |
35°56′0″N 64°45′0″E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
viloyat | Faryob viloyati |
Hukumat | |
• hokim | Domla Muhibullo[1] |
Markazi balandligi | 877 m |
Aholisi (2015-yil) |
149 040[2] |
Milliy tarkib | oʻzbek, tojik, turkman, baluj va pushtun ozchiliklar |
Ilk oʻrta asrlarda shahar Yahudiya (aholisining koʻpchiligini yahudiylar tashkil qilgani uchun), Katta Juzjon deb atalgan. Yoqut Hamaviyning yozishicha, al-Yahudiya aholisi islomni qabul qilgach, 11-asrlan boshlab shaharni Maymana deb atay boshlaganlar. Mahmud ibn Valining yozishicha, Maymana shahri qadimda Toliqon deb ham atalgan. 9-asrla Maymanada Fariob qarorgohi joylashgan. 10-asrla u savdo va hunarmandchilik rivojlangani tufayli boy shahar boʻlgan. 13-asr manbalarida shahar Maymand deb atalgam. 1855-yil afgon amiri Doʻstmuhammadxon Buxoro amirligiga qarashli Maymanani bosib olgan. 1873-yil Kobulda imzolangan Angliya — Rossiya shartnomasiga binoan Maymana Afgonistonga oʻtgan. 19-asrda shahar mustahkam mudofaa lsvori bilan oʻrab olinib, uning 5 darvozasi boʻlgan. Shahar markazila baland va qiya tepalikla qadimiy ark — Bolo-Hisor joylashgan.[4]