Mastit
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mastit (grekcha: μαστός — — koʻkrak, siyna) — sut bezining yallig‘lanishi. Mastit ko‘pincha emizikli ayollarda (90 %), aksariyat hollarda esa birinchi tug‘uruqdan keyin uchraydi va laktatsion mastit deb ataladi. Mastit chaqaloqlarda va balog‘atga etish davrida o‘smirliklarda ham uchrashi mumkin. Mastitning odatda qo‘zg‘atuvchilari: stafilokokklar, enterobakteriyalar. Sut beziga infeksiya tushish yo‘llari: limfogen, sut yo‘llari orqali, gematogen. Mastitda infeksiyaning kirish darvozalari: areola va so‘rg‘ichning yorilishlari, sut bezi shikastlari. Mastit rivojlanishiga olib keluvchi omillar: sut bezida sutning turib qolishi, yashash sharoitlarining antisanitar holati, chaqaloq emizish davrida sut beziga parvarishning etarli bo‘lmasligi[1].
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Qisqa faktlar KXK-10, KXK-9 ...
Yopish