From Wikipedia, the free encyclopedia
Massachusets universiteti — 1863-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Massachusets shtatida joylashgan davlat universiteti. Universitet umumiy hisobda 5 ta asosiy kampuslarga ega[2]. Universitet quidagi beshta kampusni oʻz ichiga oladi(Amherst, Boston, Dartmut, Louell, Vussterdagi tibbiyot maktabi va Dartmutdagi huquq maktabi) shuningdek yana Kaliforniya va Vashingtondagi 25 ta kampuslarni ham oʻz ichiga oladi[3][4]. Massachusets universiteti prezident tomonidan hamda 22 ta aʼzodan iborat Vasiylar kengashi tomonidan boshqariladi[5], xozirda universitet prezidenti Marty Meehan hisoblanadi[6]. Universitet taʼlim tizimi maʼmuriyati Boston va Shrewsburyda joylashgan[7], Yangi Angliya maktablar va kollejlar uyushmasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan va uning kampuslarida 73,979 talaba tahsil oladi[4].
Massachusets universiteti logotipi | |
Turi | Universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1863-yil (Amherstdagi binosi) |
Prezidenti | Marty Meehan |
Talabalari | 74,000 (2019-yil)[1] |
Manzili | |
Kampusi |
UMass Amherst UMass Boston UMass Dartmouth UMass Lowell UMass Chan Tibbiyot maktabi UMass huquq maktabi |
Veb-sayti | www.massachusetts.edu |
Massachusets Amherst universiteti UMass tizimidagi eng katta universitetdir. Bu kampus 1863-yil Massachusets qishloq xoʻjaligi kolleji sifatida birinchi bor tashkil etilgan. UMass Chan tibbiyot maktabi 1962-yilda Vussterda tashkil etilgan. Massachusets Boston universiteti esa 1964-yilda tashkil qilinib, keyinroq 1982-yilda Boston shtat kolleji bilan birlashtirilgan. 1991-yilda yana ikkita kampus yaʼni Massachusets Louell universiteti va Massachusets Dartmouth universiteti sifatida UMass tizimga qoʻshilgan.
Amherst universiteti UMass tizimidagi kampuslarining birinchi tashkil etilgani hamda eng katta kampus hisoblanadi. Bu kampus Amherstdagi Massachusets qishloq xoʻjaligi kolleji (dastlab shunday nomlangan) 1863-yilda tashkil etilgan. 1931-yilda „Massachusets shtat kolleji“ga, 1947-yilda esa „Massachusets universiteti“ga aylandi. Universitetga turli xil belgilangan darajadagi talabalar hamda professorlar qabul qiladi. Amherstda 1300 dan ortiq kunduzgi taʼlimda faoliyat koʻsatadigan oʻqituvchilar mavjud. Professor-oʻqituvchilarning 92 foizi oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori darajaga ega. 2018-yilgi kirish imtihonlari uchun oʻrtacha SAT balli 1296, oʻrtacha GPA esa 4,0 shkalasi boʻyicha 3,90 ni tashkil qilgan. Kampusda 21 969 ta bakalavriatda tahsil oladigan talabalar bor va 109 ta bakalavriat dasturlari mavjud boʻlgan. Talaba-oʻqituvchilar nisbati 18:1 ga teng va guruhlarning 81 foizida 40 dan kam talaba boʻlgan[8].
Massachusets Boston universiteti — UMass tizimidagi tadqiqot universiteti hisoblangan[9]. UMass Boston kampusining rektori Marselo Suares-Orozko hisoblangan. Ushbu kampus Boston shahrida hamda Kolumbiya-Point yarim orolidagi Boston bandorgohida joylashgan, John F. Kennedy kutubxonasi va Massachusets shtati arxivi binolari kampus atrofida joylashgan.
UMass Boston universitetida 12 000 dan ortiq bakalavr va 4 000 ga yaqin aspirantlar tahsil olib kelgan, bu statistika bilan bu kampus UMass tizimidagi eng katta kampuslar ichida 3-oʻrinda turgan[10]. Universitetda 100 dan ortiq bakalavriat va 50 ta magistratura dasturlari mavjud boʻlgan hamda beshta bakalavriat kolleji va ikkita magistratura kolleji mavjud boʻlgan. Kunduzgi taʼlimda mavjud fakultetlarning 93 foizi oʻz sohalarida eng yuqori darajaga ega boʻlgan[11].
2021-yil sentyabr oyida Brandman universiteti nazorat shartnomasini oʻzgartirish orqali Chapman universiteti rahbariyati Massachusets universiteti bilan qayta aloqaga chiqgan va UMass Global nomini olgan[12].
UMass tizimi uchun 2014-moliya hisobotlaridagi yillik operatsion byudjeti 2,94 milliard dollarni tashkil etgan, bu joriy yil xarajatlariga nisbatan 2,6 foizga oshgan[13]. Massachusets universitetining bir qancha xodimlari Massachusets shtatidagi eng yuqori maoshli davlat xizmatchilari qatoriga kirgan[14][15][16].
Prezident universitetning bosh ijrochi direktori hisoblangan. Marty Mihan 2015-yil 1-iyulda beshta kampusli, 73 000 talabaga ega boʻlgan Massachusets universitetining 27-prezidenti boʻlgan.
1962-yilda tibbiyot maktabi tashkil etilishidan oldin prezident Amherstdagi kampus maʼmuri boʻlgan. UMass Boston kampusi 1964-yilda tashkil etilganida, kanslerlarni universitet prezidentiga hisobot topshirishda rahbarlik qilgan. 1970-yilda qayta tashkil etish doirasida UMass Amherstning kundalik rahbarlik vazifalari kanslerga oʻtkazilgan, ikkala kansler ham prezidentga bir vaqtda hisobot berishgan. Bugungi kunda prezident beshta kampusni ham oʻzi boshqaradi.
Prezident | Faoliyat yillari[17] |
---|---|
Henry French | 1864 — 1866-yillari |
Paul Chadbourne | 1866 — 1867 va 1882 — 1883 |
William Clark | 1867 — 1879 |
Charles Flint | 1879 — 1880 |
Levi Stockbridge | 1876 va 1880 — 1882 |
James Greenough | 1883 — 1886 |
Henry Goodell | 1883 va 1886 — 1905 |
William Brooks | 1905 — 1906 |
Kenyon Butterfield | 1906 — 1924 |
Edward Lewis | 1924 — 1927 |
Roscoe Thatcher | 1927 — 1932 |
Hugh Baker | 1933 — 1947 |
Ralph Van Meter | 1947 — 1954 |
Jean Paul Mather | 1954 — 1960 |
John Lederle | 1960 — 1970 |
Robert Wood | 1970 — 1977 |
Franklin Patterson | 1978 (vaqtinchalik) |
David Knapp | 1978 — 1990 |
Joseph Duffey | 1990 — 1991 |
Elbert Fretwell | 1991 — 1992 (vaqtinchalik) |
Michael Hooker | 1992 — 1995 |
Sherry Penney | 1995 — 1996 (vaqtinchalik) |
William Bulger | 1996 — 2003 |
Jack Wilson | 2003 — 2011 |
Robert Caret | 2011 —2015 |
Marty Meehan | 2015 — hozirgacha |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.