Mashhad
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mashhad (forscha: مشهد / Maŝhad) — Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar. Razaviy Xuroson ustonining maʼmuriy markazi. Kattaligi va aholisi soni boʻyicha Eronning ikkinchi (Tehrondan keyin) yirik shahri. 2011-yil maʼlumotlariga koʻra, Mashhadda 2 million 750 mingdan koʻproq kishi yashaydi. Mashhad aglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Shaharning umumiy maydoni — 327 km². Eronning eng yirik diniy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, savdo va sanoat markazlaridan biri.
Mashhad / مشهد | |
---|---|
shahar | |
36°18′25″N 59°36′15″E | |
Mamlakat | Eron |
Uston | Razaviy Xuroson ustoni |
Hukumat | |
• Shahrdor | Savlat Murtazaviy |
Maydon | 327 km2 (126 kv mi) |
Markazi balandligi | 995 m |
Iqlim turi | subtropik-ichkikontinental |
Rasmiy til(lar)i | forscha |
Aholisi (2011) |
↗ 2 749 374 |
Zichligi | 8 400 kishi/km2 |
Milliy tarkib | forslar, turkmanlar, kurdlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqalar |
Konfessiyaviy tarkib | asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | +98 51 |
Mashhad shahri, Razaviy Xuroson ustonining shimoli-sharqida, Kashafrud daryosi vodiysida joylashgan. Eron-Turkmaniston davlat chegarasidan taxminan 70 kilometr janubda joylashgan. Tehron — Mashhad temir yoʻl liniyasining oxirgi stansiyasi, Eron shimoli-sharqidagi muhim va yirik avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar hududi oʻrtacha dengiz sathidan 995 metr balandlikda joylashgan.
Mashhad Eronning metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati boʻyicha eng yetuk shaharlaridan biri hisoblanadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr styasi, universitet bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, uy-roʻzgʻor va zargarlik buyumlari tayyorlanadi.
M. oʻrnida 9-asrda Sanobod qishlogʻi boʻlgan. M. nomi dastlab arab geograflari asarlarida tilga olingan (10-asrda). Shahar 11—12-asrlarda gʻaznaviylar va saljuqiylar qoʻl ostida boʻlgan. 13-asr oxirida moʻgʻullar hujumi natijasida shaharning koʻp qismi buzilgan. 14-asr oxiridan Xurosonning eng yirik shaharlaridan biri. Temuriylar va Safaviylar hukmronligi davrida M. ravnaqtopgan. 1736—47 yillarda Nodirshoh davlatining poytaxti. 1795-yilda M.ni qojarlar egallagan.
M. — shialarning "muqaddas" shahri. Meʼmoriy yodgorliklaridan Imom Rizo maqbarasi (9-asr). Gavharshod begim masjidi (1405—18), Madrasa, karvonsaroylar saqlangan. Nodirshohmaqbarasi, Rizoshoh bemoristoni 20-asrda qurilgan. Shahar chekkasida fors shoiri A. Firdavsiyning qabri bor (qabr ustiga maqbara qurilgan).[1]