eronlik va amerikalik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Maryam Mirzaxoniy (forscha: مریم میرزاخانی) (12-may 1977-yil — 14-iyul 2017-yil) — eronlik va amerikalik matematik. Teichmüller teoriyasi, giperbolalar geomeriyasi, ergodik teoriya hamda simplektik geometriya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yilda Mirzaxoniy Fields medali bilan taqdirlangan ilk ayol matematik va birinchi eronlik matematikka boʻldi.[1]
Maryam Mirzaxoniy | |
---|---|
Tavalludi |
12-may 1977-yil Tehron, Eron |
Vafoti |
14-iyul 2017-yil (40 yoshda) Stanford, AQSh |
Fuqaroligi | Eron |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | |
Akademik rahbarlari |
Curtis McMullen Ibodulloh Mahmudyan |
Mukofotlari |
|
Turmush oʻrtogʻi | Jan Vondrák |
Mirzaxoniy oʻrta maʼlumotni Eronning Isteʼdodlarni rivojlantirish milliy tashkiloti qoshidagi qizlar uchun moʻljallangan maxsus maktablardan biri boʻlmish Tehron Farzanegan maktabida olgan. 1994–1995-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Tehrondagi Sharif texnologiya universitetini tamomlagan.
Mirzaxoniy 1999-yildan AQShda yashay boshlagan. 2004-yilda u Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Soʻngra Princeton universitetida dars bergan. 2008-yildan to oʻlimiga qadar Stanford universitetida matematika professori boʻlib ishlagan. Mirzaxoniy 2017-yil iyul oyida Stanford universiteti tibbiyot markazida koʻkrak saratoni tufayli vafot etdi.[2] Unga ushbu kasallik tashxisi ilk marotaba 2013-yilda qoʻyilgan edi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.