From Wikipedia, the free encyclopedia
Mary Helen Johnston (talaffuzi: Meri Helen Jonston 1945-yil 17-sentyabrda tugʻilgan), 1960 va 70-yillarda NASA da muhandis sifatida ishlagan. Jonston yoshligidan astronavt bo'lishni orzu qilgan; U 1980-yilda NASA da ishlash uchun ariza topshirdi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Mary Helen Johnston | |
---|---|
Tavalludi |
17-sentyabr 1945-yil West Palm Beach, Florida, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Olim, kosmonavt |
Millati | amerikalik |
Kosmik karyera | |
Missiyalar | STS-51-B |
Isteʼfo | 6-may, 1985-yil |
Johnston Florida shtatidagi West Palm Beach shahrida tug'ilgan. Fort Pirsda o'sib ulg'aygan. Bolalik payitlarida, uyi yaqinida joylashgan Kennedi kosmik markazi uning muhandislik va kosmik tadqiqotlarga qiziqishini kuchaytirdi[1].
Jonston 1966-yilda Florida Davlat Universitetida (FSU) muhandislik fanlari bakalavri, hamda1969-yilda magistr darajasini olgan.1973-yilda, u Devid X. Bolduin rahbarligi ostida, Florida universitetida[2][3] metallurgiya muhandisligi bo'yicha doktorlik unvoniga sazovor bo'ldi. Jonston FSUdan muhandislik darajasini olgan birinchi ayol edi.
Jonston 1963-yildan 1968-yilgacha muhandislik tadqiqotlari davomida NASAning Marshall kosmik parvozlar markazida (MSFC) ishladi.
1974-yilda u Doris Chandler, Kerolin S. Griner va Enn Whitaker bilan MSFC laboratoriyasida (GPL) kosmik missiyani simulyatsiya qilish jarayonida ishlagan. Olib borilgan tadqiqotlar 4-sonli kontseptsiyani tekshirish testi (CVT) deb ataladi. Jonston uchta ilmiy tajribaga rahbarlik qildi va o'z hamkasblariga Spacelab-da qo'llaniladigan usullarni ishlab chiqishda yordam berdi.
1983-yil 5-iyunda[4] u STS-51-B Spacelab missiyasi ( Spacelab-3 guruhi ) uchun zahira ekipajining bir qismi sifatida tanlangan[5][6]. U hech qachon kosmosga uchmagan[7]. Spacelab uchun Jonston olim sifatida tanlandi, xususan materialshunoslik sohasidagi bilimi, unga katta yordam bergan[5]. Missiya menejeri Jozef Kremin uning tanlovi haqida shunday deb yozgan: “Oldindagi ish qiyin va vaqt qisqa. Shuning uchun bu topshiriqni malakali doktor Jonstonga ishonib topshiramiz. Uning bu topshiriqni namunali bajarishiga ishonamiz”[3].
Keyinchalik Jonston missiyadagi ishtiroki haqida gapirdi:[1]
Men kosmosda ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan narsalar ustida ishlashga juda qiziqdim. Men tadqiqotchi, olim va muhandis bo'lganim uchun, buni qilishning eng yaxshi yo'li u yerga ko'plab jihozlar bilan chiqish edi. Bu juda qiziqarli edi, ayniqsa siz ilmiy xodim bo'lsangiz, chunki u yerda astronomiya bo'yicha tajribalar, kalamush va maymunlar bilan turli tadqiqotlar o'tkazilardi. Bu xalqaro kosmik labaratoriya edi.
U 1985-yil 6-mayda astronavtlik faoliyatini yakunladi[4].
Jonston 1986-yilda NASAni tark etib, Makkey nomi bilan tanilgan - Tennessi universiteti kosmik institutida professor xodim sifatida faoliyat olib bordi. Keyinchalik u 2003-yilda Florida Texnologiya Instituti (FIT) vodorod tadqiqotlari milliy markazi direktori etib tayinlandi[3]. U doktor T. Dueyn Makkeyga turmushga chiqqan, u ham NASAning sobiq muhandisi, FIT prezidenti va bosh direktori[1].
Ixtirochi sifatida Jonston yigirmata patentga ega bo'lib, ularning ko'pchiligi lazerli sirtni o'zgartirishga doir. Tennessi universitetida Jonstonning lazerli yuzalarni qoplash bo'yicha ixtirolaridan biri ko'plab mukofot va maqtovlarga sazovor bo'ldi. 2018-yilda u Milliy ixtirochilar akademiyasining a'zosi etib tayinlandi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.