From Wikipedia, the free encyclopedia
Marksizm — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va boshqalar) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm taʼlimotini ishlab chiqdilar.
M.da moddiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida karaladi. M. xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda ishlab chiqarishning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy harakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. M.ga kura, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. M. ishlab chikarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshqa mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.
M.ning qoʻshimcha qiymat qonuni kapitalizmning asosiy iqtisodiy qonuni deb qaralgan. M.da tarixni materialistik tushunish orqali jamiyatning rivojlanish qonunlari, kapitalizmning sotsializm bilan almashinishi muqarrarligi, kapitalizmdan sotsializmga oʻtish davri, kommunizmning ikki fazadan iborat ekanligi gʻoyasi ilgari suriladi va sotsializm kommunizmning quyi fazasi sifatida qaraladi. Yana q. Sotsializm.
M. 19-asr ijtimoiy fikr taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda undagi xayoliy, ziddiyatli va xato tasavvurlar tanqidga uchradi. M.da ijtimoiy qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash va zoʻrlik nazariyasi mutlaqlashtirildi, proletariatning tarixiy roli asossiz ravishda ulugʻlandi. M. Rossiyadagi Oktabr toʻntarishi va kommunistik totalitarizmga xizmat qildi.
M. davlat mafkurasi boʻlib qolgan koʻp mamlakatlarda 20-asrning 80-yillaridan boshlab mustabid rejimlarning yemirilishi va mustaqil davlatlarning taraqqiyot yoʻllarini belgilab olishi M.ni tanqidiy oʻrganish va unga baho berishda yangi davrni boshlab berdi.
Ibodulla Ergashev.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.