From Wikipedia, the free encyclopedia
Mario Mandžukić (talaffuzi: Mario Manjukich; 1986-yil 21-mayda Xorvatiyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbol murabbiyi, avval hujumchi sifatida oʻynagan. Hozirda Xorvatiya terma jamoasida Zlatko Dalićning yordamchisi hisoblanadi[3][4][5].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mario Mandžukić[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-may 1986-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Slavonski Brod, Xorvatiya, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.90 m[2] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Xorvatiya (assistent murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1992—1996 | TSF Ditzingen | ||
1996—2003 | Marsonia | ||
2003—2004 | Željezničar Slavonski Brod |
2007—2008-yilgi mavsumda „Dinamo“ futbol klubining Chempionlar ligasi va UEFA kubogidagi o‘yinlaridagi bir qator muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng Mario Mandžukić Xorvatiya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Shu tariqa futbolchi Makedoniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[6]. 2008-yilning 10-sentyabr kuni 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Angliyaga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinda birinchi xalqaro golini urgan[7].
Mandjukichning terma jamoadagi taʼsiri EURO-2012 turnirining saralash bosqichida kuchaygan. Uning jamoadagi ilk goli 2011-yil iyun oyida Poljud stadionida Gruziyaga qarshi o‘yinda boʻlib, futbolchi bu bahsda hisobni tenglashtirgan edi. Latviya terma jamoasiga qarshi saralash turnirining soʻnggi oʻyinida u yana bir gol urgan. Xorvatiya oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallagani uchun EURO-2012 pley-off bosqichida Turkiya bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Istanbulda boʻlib oʻtgan birinchi oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozonfi. Oʻyinning 32-daqiqasida Mandžukić boshi bilan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan.
Mandjukich bosh murabbiy Slaven Bilić tomonidan Xorvatiya terma jamoasining UEFA EURO-2012 terma jamoasiga Everton futbol klubi hujumchisi Nikica Jelavić bilan juftlikda tanlangan ikki hujumchidan biri edi. U Xorvatiyaning Irlandiyaga qarshi oʻyinida va keyingi Italiyaga qarshi o‘yinida ikkita gol urgan[8][9]. Xorvatiya guruh bosqichiga chiqqaniga qaramay, u Mario Balotelli, Fernando Torres, Cristiano Ronaldo, Alan Dzagoev va Mario Gómezlar safida, uchta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[10].
U 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini Zagrebda Makedoniyaga va Bryusselda Belgiyaga qarshi oʻtkazilgan dastlabki ikki oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. U oʻzining ilk golini Osijekda Uelsga qarshi oʻyinda kiritgan. Mandžukić Serbiyaga qarshi saralash oʻyinida oʻz hisobiga yana bir gol qoʻshib, Xorvatiyani Zagrebda 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu ikki jamoa oʻrtasidagi Belgraddagi ikkinchi oʻyinda ham gol urgan. Xorvatiya pley-off bosqichining Zagrebda Islandiyaga qarshi o‘yinida Mandžukić hisobni 2:0 hisobida Xorvatiya foydasiga hal qilgan. Ammo, oʻyin yakunida futbolchi qizishib ketgani bois qizil kartochka olgan[11].
Mandžukić Xorvatiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga boradigan tarkibiga kiritilgan[12]. 18-iyun kuni u Kamerunga qarshi ikkinchi oʻyin uchun tarkibga qaytgan futbolchi bu oʻyinda faol harakat qilgan va uning jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan[13]. Turnirda futbolchi ikki marta gol urib, Jahon chempionatidagi debyutini nishonlagan va „Oʻyinning eng yaxshi odami“ sovrinini qoʻlga kiritgan[14].
Jamoa | Temporada | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
N. K. Marsonia Xorvatiya | 2004—2005 | 23 | 14 | - | - | - | - | 23 | 14 |
Jami | 23 | 14 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 14 | |
N. K. Zagreb Xorvatiya | 2005—2006 | 28 | 3 | 0 | 0 | - | - | 28 | 3 |
2006—2007 | 23 | 11 | 4 | 3 | - | - | 27 | 14 | |
2007—2008 | - | - | - | - | 2 | 0 | 2 | 0 | |
Jami | 51 | 14 | 4 | 3 | 2 | 0 | 57 | 17 | |
G. N. K. Dinamo Zagreb Xorvatiya | 2007—2008 | 29 | 12 | 8 | 5 | 10 | 3 | 47 | 20 |
2008—2009 | 28 | 16 | 5 | 5 | 10 | 3 | 43 | 24 | |
2009—2010 | 24 | 14 | 3 | 0 | 10 | 3 | 37 | 17 | |
2010—2011 | - | - | - | - | 1 | 2 | 1 | 2 | |
Jami | 81 | 42 | 16 | 10 | 31 | 11 | 128 | 63 | |
VfL Wolfsburg Olmoniya | 2010—2011 | 24 | 8 | 3 | 0 | - | - | 27 | 8 |
2011—2012 | 32 | 12 | 1 | 0 | - | - | 33 | 12 | |
Jami | 56 | 20 | 4 | 0 | 0 | 0 | 60 | 20 | |
Bayern Múnich Olmoniya | 2012—2013 | 24 | 15 | 6 | 4 | 10 | 3 | 40 | 22 |
2013—2014 | 30 | 18 | 5 | 4 | 13 | 4 | 48 | 26 | |
Jami | 54 | 33 | 11 | 8 | 23 | 7 | 88 | 48 | |
Atlético
Madrid Ispaniya |
2014—2015 | 28 | 12 | 5 | 3 | 10 | 5 | 43 | 20 |
Jami | 28 | 12 | 5 | 3 | 10 | 5 | 43 | 20 | |
Juventus Italiya | 2015—2016 | 27 | 10 | 4 | 1 | 5 | 2 | 36 | 13 |
2016—2017 | 34 | 7 | 5 | 1 | 11 | 3 | 50 | 11 | |
2017—2018 | 32 | 5 | 5 | 1 | 6 | 4 | 43 | 10 | |
2018—2019 | 25 | 9 | 0 | 0 | 8 | 1 | 33 | 10 | |
2019—2020 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 118 | 31 | 14 | 3 | 30 | 10 | 162 | 44 | |
Al-Duhail S. C. Qatar | 2019—2020 | 5 | 0 | 3 | 1 | 2 | 1 | 10 | 2 |
Jami | 5 | 0 | 3 | 1 | 2 | 1 | 10[15] | 2[15] | |
A. C. Milan Italiya | 2020—2021 | 10 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0 |
Jami | 10 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 421 | 166 | 57 | 28 | 99 | 34 | 578 | 228 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.