Mari viloyati
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mari viloyati — Turkmanistondagi viloyat. 1970 yil 14 dekabrda tashkil etilgan (dastlab 1939-yil 21 noyabrda tashkil etilib. 1963-yil 10-yanvarda tugatilgan edi). Gʻarbdan Axal, shim. va shim,-sharkdan Lebap viloyatlari. jan. va jan.-sharkdan Eron va Afgʻoniston bilan chegaradosh. Maydoni 86,8 ming km². Aholisi 1146,8 ming kishi (1995). 10 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha bor.
Mari viloyati Mary welaýaty | |
---|---|
viloyat | |
37°0′0″N 62°0′0″E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Hukumat | |
Asos solingan | 1992 |
Maydon | [convert: invalid number] |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2005) |
1 480 400 |
Zichligi | 16,99 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +993 3522 |
|
Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 9,9 kishi. Shaharlari: Mari, Bayramali, Yoʻloʻtan, Sarhadobod.
Mari viloyati sanoat korxonalari, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mari, Bayramali, Yoʻloʻtan, Xonhovuz, Murgʻobda paxta, jun va teriga dastlabki ishlov berish korxonalari bor. Jun va paxta yigiriladi, adyol, choyshablar ishlab chiqariladi. Oziqovqat sanoati korxonalarida paxta yogʻi, sovun, goʻsht va sut mahsulotlari, sabzavot va meva konservalari, vino tayyorlanadi. Marida mashxur takaturkman gilamlari toʻqiladi. Mari mashinasozlik z-dida ishlab chikarilayotgan neft nasoslari chet mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Gaz sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz asosiy energetika yoqilgʻisi va kimyoviy xom ashyo boʻlib qolmoqda. Respublikadagi ekin maydonlarining deyarli 50% Mari viloyatidadir. Qishloq xoʻjaligida asosiy ekin paxta hisoblanadi, shuningdek, don, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ham ekiladi. Chorvachilik rivojlangan, qorakoʻl teri, jun, pilla tayyorlanadi. Mari shahri yonida axaltaka ot zoti yetishtiriladi. Viloyat respublikaning asosiy asalarichilik rayonidir.
Avialiniyalar Marini Ashxobod, Turkmanobod, Otamurot, Saraxs bilan boglaydi. Mari viloyatida umumiy taʼlim, musiqa, kasb-xunar maktablari, madaniyat saroyi, kutubxona, madaniyat uylari, pedagogika, tibbiyot, veterinariya bilim yurtlari, Turkman drama teatri, tarix muzeyi bor. 1938-yildan Mari viloyati gazetasi chikariladi. Kasalxona, poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari ishlab turibdi. Bayramalida buyrak kasalliklarini davolaydigan iqlimiy kurort faoliyat koʻrsatadi.[1]
Mari viloyati (turkmancha: Mary welaýaty) - Turkmanistondagi viloyat. 1922-yilda asos solingan.
Mari viloyati choʻl zonasida, Murgʻob va Tajan daryolari havzasida joylashgan. Shim. qismi Qoraqum choʻliga tutashgan. Markazi Murgʻob va Tajan daryolari deltalarining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Qum gilli tekislik. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, qurilish materiallari (qum, gil, ohaktosh, mergel), osh tuzi bor. Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, 32°, yanvar niki —2", 4°. Yillik yogʻin miqdori 100–300 mm. Vegetatsiya davri 210—250 kun. Vaqt-vaqti bilan jan .dan afgʻon shamoli esadi va kuchli chang-toʻzon koʻtariladi. Viloyat hududi xoʻjaliklari suvni Qoraqum kanali, Murgob va Tajan daryolari va shu daryolarda qurilgan suv om-borlaridan oladi. Choʻl rayonlarida artezian suvlariaan foydalaniladi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqitaqir, baʼzi joylarda shoʻrxok, boʻz, qum tuproklar. Yovvoyi oʻsimliklardan sakso-vul, cherkez, qandim, qum qiyogʻi, qoʻngʻirbosh, pista, toʻqay oʻsimliklari, qoʻgʻa va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan jayran, arhar, qulon, bezoar echkisi, qoplon, sirtlon, asalxoʻr, ech-kemar, kapcha ilon va boshqa turli xil kemiruvchilar, sudraluvchilar bor. Choʻl tabiati va hayvonot olamini qoʻriqlash, pistazorlarni saqlash maqsadida Bodxiz qoʻrikxonasi tashkil qilingan.
2022-yil 9-noyabr holatiga koʻra, Mari viloyati tarkibiga 9 tuman (turkmacha:etrapy; etraplar (koʻplikda)) va 2 ta shahar, 14 ta shaharcha, 143 ta qishloq yoki qishloq kengashi va 329 ta qishloq kiradi[2][3][4]:
Turkmaniston parlamentining 2022-yil 9-noyabrdagi qaroriga asosan, Oʻgʻuzxon va Sarhadobod tumanlari tugatilib, ularning hududi boshqa tumanlarga qoʻshib yuborilgan[2].
Turkmaniston viloyatlari | ||
---|---|---|
Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati | | ||
Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.