From Wikipedia, the free encyclopedia
Margarete Hedwig Zuelzer (1877-yil 2-fevral – 1943-yil 29-avgust) – nemis biologi va zoologi boʻlib, protozoalarni oʻrganishga oid tadqiqotlar olib borgan.
Margarete Zuelzer | |
---|---|
1902-yil Zuelzer Geydelbergdagi yozgi semestr talabalik vaqtida | |
Tavalludi | 2-fevral 1877-yil |
Vafoti |
29-avgust 1943-yil (66 yoshda) Niderlandiya,Vesterbork konslageri |
Fuqaroligi | German |
Taʼlimi | |
Unvoni | PhD (1904) |
Margarete Zuelzer yahudiy toʻqimachilik ishlab chiqaruvchisi Julius Zuelzer (1838-1889) va Henriette née Friedlaenderning (1852-1931) qizi edi. U Berlin universiteti va Heidelberg universitetilarida tabiiy fanlar boʻyicha tahsil olgan. Margarete Hedwig Zuelzer Germaniyadagi universitetda rasman oʻqigan ayollarning birinchi avlodidan biri edi[1]. Ayniqsa, ilm-fanni oʻrganish oʻsha paytlarda ayol uchun shunchalik noodatiy ediki, Zuelzer oʻz professorlarining har biridan ularning darslarida qatnashish uchun maxsus ruxsat olishga majbur boʻldi[2]. Zuelzer 1904-yilda protozoa Difflugia urceolata Carter boʻyicha dissertatsiyasi bilan doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[3]. Bu uni Heidelberg universitetida doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan 37-ayol va uning tabiiy fanlar fakultetida doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan oltinchi ayol hisoblanardi[4].
1907-yilda Margarete Hedwig Zuelzer Berlindagi suv tozalash markazida yordamchi lavozimida ishladi. 1916-yilda Zuelzer Imperator sogʻliqni saqlash vazirligida (Kaiserliches Gesundheitsamt), keyinchalik Reyx sogʻliqni saqlash vazirligida (Reichsgesundheitsamt) ishlashni davom ettirdi[5]. 1919-yildan keyin u Berlin-Dahlemdagi Protozoa laboratoriyasini boshqargan va doimiy ravishda maslahat kengashidagi kam sonli, baʼzan yagona ayollardan biri boʻlib ishlagan[1].
1926-yildan 1929-yilgacha u Gollandiya hukumati tomonidan Niderlandiya Sharqiy Hindistonni, xususan Bali, Sumatra va Yavada „Weil kasalligi“ boʻyicha tadqiqot olib borishga taklif qilingan[1]. U yerda Margarete Zuelzer nemis-golland biologi Uilhelm Schüffner bilan doʻstlashdi[1].
Uning taniqli rassom singlisi Gertrud Zuelzer 1942-yil sentabr oyida hibsga olindi va Shveytsariyadan Germaniyaga qochib ketish urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin Theresienstadtga yuborildi. Margarita ovqat evaziga Gertrudga kiyim-kechaklar va rangli qalamlar yuboradi. Gertruda bu qalamlar bilan boshqa mahbuslarning portretlarini chizadi. Singlisi Gertrud tirik qolishiga Margaretning joʻnatmalari sabab qilib koʻrsatadi[6][7].
1943-yilning aprel oyida Margarete Zuelzer Amsterdamdagi yahudiylarning gettosiga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. 21-may kuni u Vesterbork konslageriga yuborildi. Deportatsiya qilinishidan oldin uning doʻsti va hamkasbi Vilgelm Shuffner u uchun maxsus lavozim topishga uringan[5]. Margarete Hedwig Zuelzer 1943-yil 23-avgust kuni 66 yoshida Vesterbork konslagerida ochlikdan vafot etdi[2][5][8].
2012-yilda Berlindagi Eichkampstrasse 108da uning xotirasiga Stolperstein („qoqilgan tosh“) qoʻyildi, bu uning shahardagi soʻnggi qarorgohi edi[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.