Marco Reus
nemis professional futbolchisi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Marco Reus ((talaffuzi: Marko Roys)1989-yil 31-mayda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi. U Bundesliganing „ Borussiya Dortmund“ klubi sardori va Germaniya terma jamoasi uchun toʻp tepadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marco Reus[1] | ||
Tavallud sanasi | 31-may 1989-yil (1989-05-31) (35 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Dortmund, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m[3] | ||
Ampluasi |
Hujumkor yarim himoyachi, Qanot hujumchisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussiya Dortmund | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994-1996 | Post SV Dortmund | ||
1996-2006 | Borussia Dortmund | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006-2007 | Rot Weiss Ahlen II | 6 | (3) |
2007-2009 | Rot Weiss Ahlen | 43 | (5) |
2009-2012 | Borussia Mönchengladbach | 97 | (36) |
2012- | Borussia Dortmund | 243 | (108) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Germany U21 | 2 | (0) |
2011- | Germany | 48 | (15) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-may uchun) |
Rot Vayss Ahlenga ketishidan oldin Roys yoshlik faoliyatini Dortmundning „Borussiya“sida oʻtkazgan. U 2009-yilda Myonxengladbaxning „Borussiya“siga kelib qoʻshildi va 2012-yilda oʻzining eng muvaffaqiyatli mavsumini oʻtkazadi, Bundesligada 18 ta gol uradi va 12 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Reus oʻsha mavsum oxirida oʻzining tugʻilgan klubi „Borussiya Dortmund“ga qaytib, klubning birinchi mavsumidayoq 2013-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga yordam beardi. Dortmund bilan Roys uchta DFL-Superkubogini (2013, 2014 va 2019 -yillarda) va 2017 va 2021-yillarda DFB-Pokalni yutgan va u klub uchun 150 dan ortiq gol urgan. U uch marta Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Reus Germaniya terma jamoasi safida soʻnggi yillarda takroriy jarohat olgani uchun bor-yoʻgʻi 48ta oʻyin oʻtkazadi. U Germaniya gʻalaba qozongan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi, lekin UEFA Evro-2012 va 2018 FIFA Jahon chempionatida oʻynaydi.