Marselo From Wikipedia, the free encyclopedia
Marselo Vieyra da Silva Junior (portugalcha: Marcelo Vieira da Silva Júnior; 12-may 1988-yil, Rio-de-Janeyro) braziliyalik futbolchi, Braziliya va Real Madrid jamoasi himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marcelo Vieira da Silva Júnior | ||
Tavallud sanasi | 12-may 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Rio-de-Janeyro, Braziliya | ||
Boʻyi | 174 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 12 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2005 | Fluminense | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 2006 — hz. |
Fluminense Real Madrid |
(30 (6) 136 (13)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2006 — hz. | Braziliya | (13 (4)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Marselo 9 yoshidan boshlab, futzal oʻynashni boshlagan. 13 yoshida esa braziliyaning grand klublaridan biri boʻlgan Fluminensening yoshlar tarkibiga kelib qoʻshildi. U boshida yarim himoyada oʻynadi, keyinchalik esa yangi kelgan murabbiy uning katta tezlikka egaligidan samaraliroq foydalanish maqsadida himoyada oʻynatishga qaror qildi. U deyarli futbolni tashlab yuborayotgan edi, chunki uning ota-onasi mashgʻulotlar bazasiga borib kelish uchun yoʻl harajatlari koʻtara olishmayotgan edi. Lekin klub iqtidorli oʻyinchidan ajrab qolmaslik maqsadida bu harajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Fluminense tarkibida oʻtkazgan ikki mavsumda u 38 oʻyinda maydonga tushdi va 6 marta raqib darvozasiga toʻp kiritdi.
yosh himoyachining iqtidorini payqagan „Real“ seleksionerlari tezda uni jamoaga jalb etish harakatiga tushishdi va natijada 2007 yilning yanvar oyida madridliklar Marselo bilan 2013 yilgacha shartnoma imzolashdi. Kelishuv summasi 7 mln. yevroga baholandi. Marselo „Real“dagi oʻz hamkasblarining saʼy-harakatlari evaziga tez orada Madridda moslashib ketdi. Bunda Roberto Karlosning harakatlari alohida oʻrin tutdi. U Marseloga oʻz tajribasini ulashdi va har taraflama yordam berdi. Mavsumning qolgan davrida u 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va Ispaniya chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bernd Shuster vaqtida Marselo asosiy tarkibdan muqim joy oldi.
2011 yil 26-iyulda Marselo rasmiy ravishda ispaniya fuqarosi boʻldi, oʻsha vaqtdan buyon u YeI mamlakatlari legioneri hisoblanadi[1].
2012 yil 13 may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Chempionat | Kubok | Yevrokuboklar | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | ||
Fluminense | 2005 | 12 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 2 | 0 |
2006 | 18 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 4 | 0 | |
Jami | 30 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 6 | 0 | |
Real Madrid | 2006/07 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 |
2007/08 | 25 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 30 | 0 | 3 | |
2008/09 | 29 | 4 | 3 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 35 | 4 | 3 | |
2009/10 | 35 | 4 | 9 | 2 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 43 | 4 | 9 | |
2010/11 | 32 | 3 | 4 | 6 | 0 | 1 | 12 | 2 | 2 | 50 | 5 | 7 | |
2011/12 | 32 | 3 | 5 | 5 | 0 | 0 | 7 | 0 | 4 | 44 | 3 | 9 | |
Jami | 156 | 14 | 22 | 17 | 0 | 1 | 36 | 2 | 7 | 209 | 16 | 31 | |
Faoliyatidagi jami | 186 | 20 | 22 | 17 | 0 | 1 | 36 | 2 | 7 | 239 | 22 | 31 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.