Manipulyatsiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish[1]. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolgʻonchilarning hiylasidir[2]. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat oʻrnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan taʼsirdir[1].
Manipulyatsiya oddiy taʼsir oʻtkazish va ishontirishdan farq qiladi. Taʼsir oʻtkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u taʼsir oʻtkazilayotgan shaxsni taʼsirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi[3]. Ishontirish — bu boshqalarni odatda maʼlum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yoʻnaltira olishlik qobiliyatidir. Taʼsir oʻtkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir[4].