Manchester mumiyosi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hannah Beswick (1688 –1758), Birchin Bower, Hollinvud, Oldham, Buyuk Manchester shaharlarida yashagan, dafn etilishidan patologik qoʻrquvga ega badavlat ayol boʻlgan[1]. 1758-yilda vafotidan soʻng, uning jasadi tiriklik belgilarining bor yoki yoʻqligini tekshirib turish uchun balzamlab qoʻyilgan va dafn etilmasdan saqlab turilgan.
Balzamlash qaysi usulda oʻtkazilgani qayd etilmagan, ammo qonni skipidar va vermilion moddalari bilan almashtirilgani aniq. Keyin esa jasad eski soat qutisiga solingan va Beswickning oilaviy shifokori doktor Charles Whitening uyida saqlangan. Beswickning ushbu gʻayrioddiy irodasi uni mashhurlikka olib chiqqan. Ushbu jasadni doktorning uyida qiziquvchilar uchun koʻrishga ruxsat berilgan.
Beswickning mumiyolangan jasadi Manchester muzeyiga keltirilgan va koʻrgazmaga qoʻyilgan. Manchester mumiyosi yoki Birchin Bower mumiyosi nomini olgan. Manchester yepiskopi ruxsati bilan Beswick dafn qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Dafn marosimi 1868-yil 22-iyul kuni Harpurhey qabristonida, oʻlimidan 100 yillardan ortiq vaqtdan keyin boʻlgan. Qabri ham nomaʼlum.