![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4d/Schoolers_Inside_Samakkhi_Witthayakhom_School_Library.jpg/640px-Schoolers_Inside_Samakkhi_Witthayakhom_School_Library.jpg&w=640&q=50)
Maktab kutubxonasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Maktab kutubxonasi (yoki maktab kutubxonasi media markazi ) maktabning ichidagi kutubxona boʻlib, unda oʻquvchilar, xodimlar va koʻpincha davlat yoki xususiy maktabning ota-onalari turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Maktab kutubxonasi media markazining maqsadi maktab hamjamiyatining barcha a'zolarining "kitob o'qish va axborot texnologiyalaridan" teng foydalanishini ta'minlashdir[1]. Maktab kutubxonasi media markazi "barcha turdagi ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.Masalan, avtomatlashtirilgan va ma'lumot to'plash uchun internetdan [shuningdek kitoblardan] foydalanadi[2]". Maktab kutubxonalari ommaviy kutubxonalardan farq qiladi, sababi ular "maktab o'quv dasturini qo'llab-quvvatlaydigan, kengaytiradigan va individuallashtiradigan o'quvchilarga yo'naltirilgan laboratoriyalar" sifatida xizmat qiladi. Maktab kutubxonasi maktabda foydalaniladigan barcha materiallar uchun markaz va muvofiqlashtiruvchi agentlik vazifasini bajaradi[3]".
![School children inside Samakkhi Witthayakhom School Library, Thailand](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4d/Schoolers_Inside_Samakkhi_Witthayakhom_School_Library.jpg/640px-Schoolers_Inside_Samakkhi_Witthayakhom_School_Library.jpg)
Tadqiqotchilar AQShning 19-shtati va Kanadaning bir provinsiyasida o‘tkazilgan 60 dan ortiq tadqiqotlar orqali maktab kutubxonalari o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta'kidlaydi. Ushbu tadqiqotlarning asosiy maqsadii shundan iboratki, maktab kutubxonasi media-mutaxassislari bilan yaxshi qo'llab-quvvatlanadigan maktab kutubxonasi media dasturidan foydalanish imkoniga ega bo'lgan talablar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat'i nazar, o'qishni baholashda yuqori ball olishlaridir. Bundan tashqari, Ogayo shtatida[4] oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, soʻrovda qatnashgan oʻquvchilarning 99,4% maktab kutubxonachilari va maktab kutubxonasidagi media dasturlari ularga maktabda muvaffaqiyat qozonishlariga yordam berganiga ishonishgan. Shunga o'xshash xulosalar haqida hisobot 2003-yilda Avstraliyada Mishel Lonsdeyl tomonidan tuzilgan[5].