Makaronli salat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Makaronli salat (inglizcha: Pasta salad, Pasta fredda, italyancha: Insalata di pasta — bir yoki bir necha turdagi makarondan tayyorlangan, deyarli har doim sovuq holatda boʻladigan[1], qayla sifatida sirka, yogʻ yoki mayonez qoʻshilgan salat. Uni dasturxonga gazak, garnir yoki asosiy taom sifatida tortish mumkin. Makaronli salat Italiyada Primo piatto — tanovul boshlanishi bilanoq isteʼmol qilinishi mumkin boʻlgan birinchi taom hisoblanadi. Shuningdek, uydan tashqarida, aperitif bilan birga, piknikda, ishda yoki maktabda eʼlon qilingan tanaffus vaqtida isteʼmol qilinishi mumkin[2]. Makaronli salat bahorgi va yozgi yegulik hisoblanadi, ammo uni butun yil davomida tayyorlash mumkin.