![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/50/The_Hibernating_Stellar_Magnet_%2528artist%2527s_impression%2529.jpg/640px-The_Hibernating_Stellar_Magnet_%2528artist%2527s_impression%2529.jpg&w=640&q=50)
Magnetar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Magnetar yoki magnitar[1] — favqulodda kuchli magnit maydonga ega (10 11 T gacha) neytron yulduzdir. Nazariy jihatdan, magnetarlarning mavjudligi 1992-yilda bashorat qilingan va ularning haqiqiy mavjudligining birinchi dalili 1998-yilda Aquila yulduz turkumidagi SGR 1900+14 manbasidan gamma va rentgen nurlanishining kuchli portlashini kuzatishda yaqqol olingan. Biroq, 1979-yil 5-martda kuzatilgan chaqnash magnitar bilan ham bog'liq. Magnetarlarning umri taxminan 1 million yilni tashkil etishi isbotlandi[2]. Magnetarlar koinotdagi eng kuchli magnit maydonga ega[3].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/50/The_Hibernating_Stellar_Magnet_%28artist%27s_impression%29.jpg/640px-The_Hibernating_Stellar_Magnet_%28artist%27s_impression%29.jpg)