![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/54/Logo_MAN.png/640px-Logo_MAN.png&w=640&q=50)
MAN Auto-Uzbekistan
O'zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchisi / From Wikipedia, the free encyclopedia
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f5/Stamps_of_Uzbekistan%2C_2011-44.jpg/640px-Stamps_of_Uzbekistan%2C_2011-44.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1d/MAN_TGS_41.440_8x4_2014_%2814259247262%29.jpg/640px-MAN_TGS_41.440_8x4_2014_%2814259247262%29.jpg)