Måneskin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Måneskin (talaffuzi: Moneskin[1] tarjimasi: Oy nuri) — 2016-yilda Rimda tashkil qilingan italyan rok guruhi. Guruh vokalchi Damiano David, baschi Victoria De Angelis, gitarachi Thomas Raggi va barabanchi Ethan Torchiodan iborat[2]. Guruh dastlab koʻchalarda chiqish qilib, 2017-yilda Italiyaning X Factor isteʼdodlar shousining oʻn birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallaganidan keyin mashhurlikka erishdilar. To‘rtlik Zitti e buoni qo‘shig‘i bilan Eurovision qo‘shiq tanlovi 2021 da g‘olib bo‘lganidan kegin xalqaro muvaffaqiyatga erishganlar.
Måneskin | |
---|---|
Måneskin 2018-yilda; chapdan oʻngga: Ethan Torchio, Victoria De Angelis, Damiano David va Thomas Raggi | |
Umumiy maʼlumot | |
Janr | |
Faoliyat yillari | 2016-hozirgacha |
Veb-sayt | maneskin.it |
Guruh Il ballo della vita (2018) va Teatro d’ira: Vol. I (2021) nomli ikkita studiya albomini chiqaran. Shuningdek, ular Italiya va Yevropa musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egallagan bitta mini albom va oʻnta singl chiqardilar. Ular FIMI tashkilotidan 34 ta platina va 7 ta oltin sertifikatlarini[3] qoʻlga kiritgan va Eurovision dan keyingi yutuqlaridan oldin Italiyada bir milliondan ortiq qoʻshiqlarni sotishgan[4]. Oʻsha paytgacha ularning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli italyan singli Torna a casa edi. 2021-yilda Måneskin guruhining Zitti e buoni, I Wanna Be Your Slave va The Four Seasons, Beggin qoʻshiqlari bilan UK Singles Charts xitparadining top 10 taligiga kirgan birinchi italyan rok guruhiga aylangan.