Lyoss
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Lyoss (nem. Loss — yumshoq), soz tuproq — kontinental iqlimda hosil boʻlgan mayda zarrali gʻovaksimon, choʻkindi togʻ jinsi. Rangi sargʻish yoki och kulrang, gʻovakligi 40—60%. Kalsiy va magniy karbonat tuzlari lyoss miqdorining 5% dan koʻprogʻini tashkil qiladi. Lyoss qatlamida mayda tosh va qum boʻlmaydi. Lyossning 60%dan ortiqrogʻi 0,05—0,001 mm keladigan changsimon zarralardan, 10% chasi 0,001 mm dan kichik gil zarralaridan iborat. Suv oʻtkazuvchanligi bir xil emas. Tarkibidagi tuzlar sementlash xususiyatiga ega boʻlgani uchun quruq holda qattiq, namda ivuvchan. Lyoss tarkibida suvda tez eriydigan tuz koʻp.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyossning mineralogik tarkibi kvars, bir oz dala shpatlari, gil minerallari (kaolinit, montmorillonit), kalsiy, slyudalar va boshqa dan tashkil topgan. Lyossning paydo boʻlishi haqida bir qancha fikrlar mavjud. V. A. Obruchev, F. O. Mavlonov va A. R. Pavlovlar Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan lyosslarni oʻrganish natijasida prolyuvial yoʻl bilan, yaʼni togʻ jinslarining nurashidan paydo boʻlgan mayda (0,05— 0,001 mm va undan kichik) zarralarning oqar suvlar (yomgʻir suvlari) taʼsirida yuvilib, togʻ etaklarining pastki tekislik qismlariga oqib kelib yotishidan, shamol vositasida olib kelingan zarralarning yigʻindisidan paydo boʻladi deb tushuntiradilar. Ch. Layel va Yu. A. Skvorsovlar lyoss allyuvial yoʻl bilan, yaʼni mayda jins zarralarining oqar suvlar (soy, dare) yordamida daryo qirgʻoqlariga yotqizilishidan, lyoss. S. Berg va boshqa L.lar tuproq paydo boʻlish jarayonlari natijasida turli mayda zarrali jinslarning yigʻilishidan, yana bir guruh olimlar esa L. mikroorganizmlar yordamida hosil boʻladi deb yozadilar.
Lyoss Xitoy, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz,. Shimoliy Qozogʻiston, Ukraina va Shimoliy Amerikada koʻp tapqalgan. Shahar va qishloq xoʻjaliklarida, ekinzorlarning meliorativ holatini yaxshilashda, metropoliten, irrigatsiya va energetika inshootlari va hokazoni qurishda, temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini oʻtkazishda muayyan hududdagi mavjud L. qatlamlarining muhandislik-geologik xususiyatlarini mukammal oʻrganish muhimdir.
Lyossning qalinligi bir necha m dan bir necha yuz m gacha yetadi. Eng kalin lyoss Xitoy va Oʻrta Osiyoda tarqalgan (150– 200 m atrofida). Oʻzbekistonda lyossning qalinligi Bobotogʻning shimoliy-gʻarbiy yon bagʻrida 150 m, Qarshi va Mirzachoʻlda 130 m, Chirchiq vodiysida 60– 100 m, Zarafshon va Sangzor daryolari oraligidagi maydonlarda 60–80 m, Toshkent, Piskent massivlarida 40– 80 m, Samarqand atrofida 80–100 m, Tojikistonning Yovon vodiysida 160 m ga yetadi.
Lyoss jinslari togʻ yon bagʻrida, togʻ oraligʻi botigʻi, togʻ oldi egilmalari va pasttekisliklarida uchraydi. Maye, Alp, Karpat toglarida 4000–5000 m balandlikda, Pomirda 3000–3200 m, Gʻarbiy Pomirda 4400–4500 m, Shimoliy Kavkazda 1300–1500 m., Chatqol-Qurama togʻlarida 1000–1800 m, Bobotogʻda 1200–1900 m, Fargʻona togʻlarining jan.-gʻarbida 1700–2200 m da uchraydi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.