From Wikipedia, the free encyclopedia
Lome — Togo poytaxti, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi port. Iqlimi ekvatorial iqlim, eng issiq oylar (mart—aprel)ning oʻrtacha temperaturasi 31°, eng salqin oy (iyul — avgust) niki 23°. Yiliga urtacha 755 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 500 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Shahar 19-asr oxirlarida 18-asrning 20-yillaridan mavjud boʻlgan qishloq oʻrnida bunyod etilgan. 1877-yildan Germaniya protektorati Togoning markazi boʻlgan. Birinchi jahon urushidan keyin (1914—18 yillarda) Fransiya mandatligidagi hududning, 1939—45 yillarda Fransiya vasiyligidagi Togoning maʼmuriy markazi. 1960-yil 27-apreldan mustaqil Togo Respublikasining poytaxti.
Lome — transport yoʻllarining muhim tuguni, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, metallurgiya, sement, marmar zavodlari, paxta tozalash, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poyabzal korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Port orqali chetga fosforit, marmar, qahva, kakao, paxta va palma mahsulotlari chiqariladi. Lomeda Milliy majlis, Prezident saroyi, mehmonxona va boshqa maʼmuriy hamda jamoat binolari qurilgan. Ilmiy tadqiqotlar instituti, universitet, milliy muzey, kutubxona, oʻquv muassasalari bor. Turizm rivojlangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.