Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi
SSSR ittifoqdosh respublikasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi, Litva SSR (litovcha: Lietuvos Tarybų Socialistinė Respublika; ruscha: Литовская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Litvasi deb yuritiladi.
1940–1941 1944–1990/91 | |
Maqom | Andoza:Davlat bilgiqutisi/status text |
---|---|
Oliy Kengash raisi | |
• 1990–1991 |
Vytautas Landsbergis |
Tarixiy era | XX asr |
Hozirda hududida quyidagilar mavjud |
![]() |
Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Litva hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.
Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940–91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.
Litva SSR poytaxti Vilnius shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 92 shahar, 22 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1] 1946-yildan keyin Belorussiya bilan chegaradagi ayrim oʻzgarishlarni eʼtiborga olmaganda, Litva SSRning chegaralari hozirgi kundagi Litva chegaralariga mos keladigan koʻrinishga kelgan.
1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.