From Wikipedia, the free encyclopedia
Liberation War muzey (bengalcha: মুক্তিযুদ্ধ জাদুঘর Muktijuddho Jadughôr) — Bangladesh poytaxti Dakkadagi [1] Agargaondagi muzey boʻlib, Bangladeshning Pokistondan mustaqil boʻlganligiga, Bangladesh ozodlik urushi xotirasiga bagʻishlangan.
Liberation War muzeyi 1971-yilgi ozodlik urushi xotirasini abadiylashtirish maqsadida sakkiz kishilik vasiylik kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Vasiylar muzeyni moliyalashtirish uchun keng jamoatchilikdan yordam soʻradi. Keng jamoatchilik urushdan qolgan asarlar, jumladan shaxsiy buyumlar, qurollar va, shuningdek, hujjatlar va shaxsiy tarixlar arxivini yaratish uchun eksponatlar bilan kelishdi. Bu ekponatlarning deyarli barchasi urush bilan bogʻliq edi. Yillar davomida muzey 21 000 dan ortiq eksponatlarni toʻpladi (2016-yil holatiga koʻra), ularning baʼzilari muzeyda eksponat sifatida va yana koʻplari uning arxivlarida saqlanadi. Muzeyning omma tomonidan moliyalashtiriladigan tabiati (Bangladesh hukumatidan mustaqil) va muzey kolleksiyasiga keng jamoatchilikning jamoaviy hissasi tufayli muzey oʻzini tashkil etilishini fuqarolarning saʼy-harakatlari natijasida shakllangan [2] deb taʼriflaydi. .
Muzey eksponatlarining salmogʻi oshishi natijasida toʻplangan eksponatlarning bir qismigina bino koʻrgazmasidan oʻrin oldi.Shu tufayli yangi kattaroq va zamonaviy bino uchun talab yuzaga keldi. 2009-yilda muzeyning yangi dizayni uchun arxitektura tanlovi o‘tkazilib, arxitektorlar Tanzim Hasan Salim va Naheed Farzananing o loyihalari gʻolib boʻldi. 2013-yilda yangi bino qurish uchun Agargaon shahridan yer olindi va qurilish boshlandi. Liberation War muzeyi yangi binosi 2017-yil 16-aprelda rasman ochildi [3] Yangi bino galereyasi 3500 kvadrat metr maydonni egallaydi.
Galereyadagi asarlar Bangladeshning ilk tarixini va Bengalda Britaniya Rajiga qarshi Hindiston mustaqillik harakatini yoritish bilan boshlanadi. Katta boʻlimda Bangladesh mustaqillik harakati va Bengal tilini tan olish uchun Til harakati voqealari aks ettirilgan. Yana galereya fondida Gʻarbiy Pokiston va Bangladesh(oʻsha paytda Sharqiy Pokiston) oʻrtasidgi toʻqnashuvlar,Bengal millatchi yetakchisiShayx Mujibar bilan bogʻliq 1917-yilgi voqealar lavhalarini ham uchratish mumkin.
Garlereyalardagi asarlarda Pokiston armiyasi tomonidan Bengal aholisiga qarshi amalga oshirilgan genotsid, Bengal ziyolilari, talabalari, hindular va Avami ligasi yetakchilariga qaratilgan „Projektor nuri“ operatsiyasi hamda oʻn millionga yaqin qochqinning qoʻshni Hindistonga qochishi natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqirozga eʼtibor qaratilgan.[1]
Galereyalarda eksponatlar: Mukti Baxini qoʻllagan qurollar, koʻplab Mukti Bahini jangchilarining shaxsiy buyumlari va Pokiston kuchlari tomonidan sodir etilgan vahshiylik qurbonlari boʻlgan tinch aholi vakillari, ularning koʻpchiligi mojarodan keyin ularning oilalari tomonidan sovgʻa qilingan. Shuningdek, Pokiston kuchlari tomonidan o‘ldirilgan tinch aholining ommaviy qabrlaridan olingan inson bosh suyagi va suyaklari qoldiqlari ham galereyada namoyish etilgan.
Muzey bir qator targʻibot va aloqa dasturlarida faol ishtirok etgan.[4] Bularga yoshlarga ozodlik urushi haqida maʼlumot berish uchun maktablar bilan ishlaydigan dasturlar, shuningdek, muzey binolarida muntazam konferensiyalar va seminarlar kiradi. Muzey, shuningdek, turli xil sanʼat va madaniy tadbirlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Muzey homiyligida bir nechta sanʼat koʻrgazmalari domiy tashkillashtiriladi.
2006-yilda muzey Bangladesh mustaqillik harakati madaniyati va merosini saqlashga yordam berish uchun Yaponiya hukumati tomonidan xayriya sifatida zamonaviy audiovizual va koʻrgazma uskunalari bilan jihozlandi.[5] Muzey American Alliance of Museum(Amerika muzeylar alyansining) institutsional aʼzosi hisoblanadi.[6] Shuningdek, u International Coalition of HistoricSite Museums of Conscience tarixiy obidalari xalqaro koalitsiyasining asoschisi hisoblanadi.[7]
Muzeyning sakkiz kishilik vasiylik kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi: Aly Zaker, Asaduzzaman Noor, Sara Zaker, doktor Sarvar Ali, Mofidul Hoque, Ziauddin Tariq Ali, Rabiul Hussain va H. Akku Chowdhuri .[8]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.