From Wikipedia, the free encyclopedia
Lee Hyun-woo (1993- yil 23-martda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor va qoʻshiqchi. U toʻqqiz yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan, keyinchalik The Return of Iljimae⠀ (2009) va „Queen Seondeok“ (2009) teleseriallarida suratga tushgan. U, shuningdek, „Magistr of Study“ (2010) va „To the Beautiful You“ (2012) filmlarida ham rol ijro etgan. Lee 2013-yilning „Secrely, Greatly“ filmidagi shimoliy koreyalik josus roli, shuningdek, 2014-yilning „The Con Artists“ filmidagi daho xaker obrazlari uchun tan olingan. Keyin u „Moorim School“ (2016) va „The Liar and His Lover“ (2017) filmlarida bosh rollarni ijro etgan.
Lee Hyun-woo | |
---|---|
Tavalludi |
23-mart 1993-yil |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 2005-hozirgacha |
Lee oʻz faoliyatini bolakay aktyor sifatida boshlagan va „The Legend“, „King Sejong the Great“, „The Return of Iljimae“ „Queen Seondeok“ kabi bir qator yirik spektakllarda rol ijro etgan[1].
U „Dragon Zakura“ Yaponiya mangasining Koreya zangori ekraniga moslashtirilgan „Master of Study“ filmidagi roli tufayli shuhrat qozongan[2]. Xuddi shu yili Lee 2010-yilgi „Footloose“ musiqiy spektakli uchun sahnaga chiqqan va sahnada Ren obrazining bosh rolini oʻynagan.
Lee 2015-yilgi Yeonpyeongning ikkinchi jangi haqida „Northern Limit Line“ dengiz trillerida rol ijro etgan[3]. Film 6 024 894 ta chipta sotgan (AQSh$38,945,231), bu 2015-yilda eng koʻp tomosha qilingan koreys filmiga ayl
2016-yilda u „Moorim School“ fantastik yoshlar dramasida rol ijeo etgan[4]. Dastlab 20 qismga moʻljallangan drama past reytinglar tufayli 16 qismgacha suratga olingan[5].
2017-yilda Lee „Red Velvet“ aʼzosi Joy bilan bir qatorda yapon mangasi „Kanojo wa Uso o Aishisugiteru“ning koreyscha talqini „The Liar and His Love“ dramasida rol ijro etgan[6].
Lee armiyaga qoʻshilishdan oldin 2018-yilda „Twenty-Six“ nomli raqamli singlni chiqardi[7].
Besh yildan soʻng 2022-yilda Lee „Money Heist: Korea — Joint Economic Area“ Netflix dramasida suratga tushish orqali kichik ekranga qaytadi[8].
Yil | Nom | Rol | Izohlar | Havl. |
---|---|---|---|---|
2005 | Baribari Jjang | |||
2006 | Holiday | |||
A Dirty Carnival | Young Min-ho | |||
2007 | Hwang Jin Yi | Young Nomi | ||
2010 | The Loneliness of Butcher Boy | Tae-shik | Qisqa metrajli film | [9] |
2011 | GLove | Kim Jin-man | [10] | |
2013 | Secretly, Greatly | Rhee Hae-jin | ||
2014 | The Con Artists | Jong-bae | ||
2015 | Northern Limit Line | Park Dong-hyuk | ||
The Beauty Inside | Woo-jin | |||
Eʼlon qilinadi | Hero | Yoo Dong-ha | ||
Dream | Kim In-sun | Suratga olinmoqda | [11] | |
Dog Days | [12] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.