Lazarev dengizi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Lazarev dengizi (ruscha: Море Лазарева, More Lazareva) — Janubiy okeanning chekka dengizi uchun taklif qilingan nom. U 2002-yilgi Xalqaro gidrografiya tashkiloti (IHO) loyihasida berilgan ikkita taklif bilan chegaradosh boʻlgan: gʻarbda qirol Xokon VII dengizi va sharqda Riiser-Larsen dengizi. Ular sharqiy 0 ° va 14 ° bosh meridianlari oʻrtasida joylashgan. Dengiz umumiy 929,000 km2 (359,000 kv mi) maydonni egallaydi[1].
Lazarev dengizi 1962-yilda Sovet Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan kash etilgan boʻlib, 1820-yilda Fabian Gotlib fon Bellingsxauzen bilan Antarktika materikini kashf etgan rus admirali Mixail Lazarev (1788—1851) xotirasiga shunday nomlangan. 2002-yilgi IHO loyihasi hech qachon IHO (yoki boshqa biron bir tashkilot) tomonidan tasdiqlanmagan hamda 1953-yilgi IHO hujjati (bu nomni oʻz ichiga olmaydi) hozirga qadar oʻz kuchida qolgan[2]. Yetakchi geografik idoralar va atlaslar bu nomdan foydalanmaydi, jumladan, National Geographic Jamiyatining 2014-yilgi 10-nashri Jahon Atlasi hamda 2014-yilgi Times Atlas of World jurnalining 12-nashrida dengiz boshqa nom bilan atalgan. Ammo Sovet va Rossiya-davlat xaritalarida shu nom qoʻllanishi ommalashgan[3].
Lazarev dengizidagi suvning chuqurligi 3,000 m (9,800 ft) teng boʻlib, maksimal chuqurlik 4,500 m (14,800 ft) dan oshadi. U 929,000 km2 (359,000 kv mi) maydonga choʻzilgan[1].
Lazarev dengizining janubida qirolicha Maud yerining malika Astrid qirgʻogʻi joylashgan.
Lazarev dengizi kontinental qirgʻoq boʻlib, oʻtkinchi vulkanizm bilan birga koʻplab rifting epizodlaridan tarkib topgan[4]. Lazarev dengizi ham choʻkindi jihatidan juda kambagʻal dengiz ekanligi maʼlum boʻlgan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.