From Wikipedia, the free encyclopedia
LAMARK (Lamarck) Jan Batist Pyer Antuan de Mone (1744.1.8, Bazanten, Pikardiya — 1829.18.12, Parij) — fransuz tabiatshunosi, dastlabki toʻliq evolyusion taʼlimot asoschisi (qarang Lamarkizm). Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1783-yildan). Parijda tibbiyot va botanikani oʻrgandi (1772—76 yil). "Fransiya florasi" (1778) 3 jildli asarida oʻsimliklar sistematikasining asosiy prinsiplarini bayon qildi. "Oʻsimliklarning tabiiy tarixi" (1803), "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida oʻzining gradatsiya toʻgʻrisidagi taʼlimotini asoslab berdi. "Umurtqasizlar tabiati tarixi" asarida (1815—22) hayvonlarni astasekin oddiydan murakkablashib borishi tartibida sistemaga soldi. L. Birinchi marta hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni taklif qildi. U ilk bor "umurtqasizlar" va "biologiya" terminlarini fanga kiritdi, zoopsixologiyaga asos soldi. As: Izbrannie proizvedeniya, t. 1—2., M., 1955.[2]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.