Kursk shahri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kursk (ruscha: Курсќ) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kursk viloyatining markazi, Kursk tumaning markazi. Moskva shahridan 530 km janubda joylashgan. O'rta asrlarda Kursk knyazligi poytaxti bo'lgan. Seym daryosi boʻyida. Kursk tuguni. Moskva—Simferopol avtomagistralida. Aholisi 445,5 ming kishi (1998). Mashinasozlik ("Schyotmash", akkumulyator, elektroapparat zavodlari), kimyo (kimyoviy tola, texnik rezina buyumlari), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, Kursk jangi (1943) harbiy-tarixiy muzeylari, suratlar galereyasi bor. Kursk 1032 yildan Kiyev Rusi qalʼasi sifatida maʼlum. 14-asr dan Litva, 1508 yildan Rossiya tarkibida. K.da 17— 19-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, Troitsa cherkovi saqlangan.[2]
Kursk rus. Курск | |
---|---|
viloyat ahamiyatiga ega shahar | |
| |
51°43′0″N 36°11′0″E | |
Mamlakat | Rossiya |
Hukumat | |
• Mer | V.N.Karamishev |
Asos solingan | 1032-yil 25-sentabr |
Ilk eslatilishi | 1095 |
Maydon | 2,082[1] km2 (804 kv mi) |
Markazi balandligi | 250 m |
Rasmiy til(lar)i | ruscha |
Aholisi (2019) |
449 556 |
Zichligi | 2352,47 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar 98,06 % boshqa |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +7 4712 |
Pochta indeks(lar)i | 305000 |
Avtomobil kodi | 46 |
![]() Kursk rus. Курск |