Kurakoyoqlilar (lotincha: Scaphopoda) – dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasining uzunligi 3 mm dan 12 sm gacha, ikki tomonlama simmetriyali, shakli fil tishiga oʻxshash yaxlit chigʻanoq (uzunligi 1,5 mm – 15 sm) bilan qoplangan. Chigʻanoqning 2 uchida teshigi bor; oldingi teshigidan oyogʻi bilan boshi chiqib turadi. Oʻsimtaga oʻxshash boshining uchki qismida ogʻiz teshigi joylashgan. Boshidagi uchi toʻmtoq moʻylovlari sezish va oziqni ushlash vazifasini bajaradi. Foram iniferalar va boshqa bentos hayvonlari bilan oziqlanadi. Oyogʻi toʻmtoq, konus shaklida. Kurakoyoqlilar ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhit (suv) da urugʻlanadi. Tuxumdan suvda soʻzadigan troxofora lichinkasi rivojlanib chiqadi; lichinka 5—6 kundan soʻng suv ostiga choʻkib voyaga yetadi. Kurakoyoqlilarning 1000 ga yaqin turi mavjud. Kurakoyoqlilar suv tubidagi loyga koʻmilib hayot kechiradi; loydan chigʻanogʻining uchi chiqib turadi. Asosan, tropik dengizlarda tarqalgan.

Qisqa faktlar Biologik klassifikatsiya, Binar nomi ...
Kurakoyoqlilar
Qazilma davri: 358.9-0 Ma
Mississippian – hozirgacha[1][2] 
Thumb
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Mollyuskalar
Sinf: Kurakoyoqlilar
Binar nomi
Scaphopoda
Bronn, 1862-yil
Yopish

Manbalar

Adabiyotlar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.