From Wikipedia, the free encyclopedia
Kun.uz – 2012-yil yanvarida ishga tushgan oʻzbek tilidagi eng faol internet-nashrlardan biri. Sayt muassisi „WEB EXPERT“ mas`uliyati cheklangan jamiyati. Rahbari – Umid Shermuhammedov.
Kun.uz | |
---|---|
Joriy holati | faol |
Sayt turi | internet-nashr |
Muassisi | «WEB EXPERT» MChJ |
Ochilgan sanasi | 2012-yil yanvar |
URL | www.kun.uz |
2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)dan 0987-raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan[1]. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida xabar va yangiliklarni yoritib beruvchi eng tezkor saytlardan biri hisoblanadi.[2]
Bugungi kunda nashr yangiliklarini 1 kunda 351 ming kishi, 1 oyda 10 milliondan ortiq kishi oʻqiydi. Saytdagi koʻrishlar soni esa 1 oyda 23 milliondan oshadi. Sayt 2012-yili.uz milliy domeni internet-festivalida Eng Yaxshi OAV Sayti nominatsiyasi gʻoliblaridan biri boʻldi[3]. Alexa maʼlumotlariga koʻra, „kun.uz“ sayti – Oʻzbekistonda eng mashhur saytlar ichida 4-oʻrinda[4].
Bugungi kunda nashrda 50 dan ortiq tajribali, taniqli, yosh jurnalistlar, shuningdek, muharrir hamda musahhihlar, tasvirchilar faoliyat olib boradi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.