Ktesifon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ktesifon (arabchada Taysafun, Madoin) — Furot daryosi chap qirgʻogʻidagi qadimiy shahar (hozirgi Bagʻdod yaqinida). Ktesifon Parfiyaning harbiy tayanch punkti (miloddan avvalgi 3-asrdan), keyinchalik parfyan shohlarining qarorgohi boʻlgan. Rim imperatori Trayandan boshlab rimliklar bir necha marta Ktesifonni egallashgan. Ktesifon 266-yilda Sosoniylar poytaxti boʻlib, soʻnggi antik davrning eng katta va boy shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Sosoniylarning hashamatli saroy harobalari saqlangan. Ktesifon 637-yilda arablar tomonidan bosib olingan va vayron qilingan. Bagʻdod barpo etilganidan keyin (762-yil) uzil-kesil oʻz ahamiyatini yoʻqotgan[1].
Qisqa faktlar Muqobil nomlar, Manzilgoh ...
ܩܛܝܣܦܘܢ (Qṭēspōn) Κτησιφῶν | |
Sosoniylar davridagi Ktesifon shahrining xaritasi | |
Muqobil nomlar |
|
---|---|
Manzilgoh | Salman Pak, Bagʻdod muhofazasi, Iroq |
Mintaqa | Mesopotamiya |
Koordinatalar | 33°5′37″N 44°34′50″E |
Turi | Manzilgoh |
Tarix | |
Tashkil etilgan | tax. 120 BC |
Makon qaydlari | |
Qazish sanalari | 1928-1929, 1931-1932, 1960s-1970-yillar |
Arxeologlar | Oscar Reuther, Antonio Invernizzi, Giorgio Gullini |
Vaziyat | xaroba holatida |
Yopish