Kripton
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kripton (lot. Krypton), Kr - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, atom massasi 83,80. Havodan ajratib olingan Kripton 6 ta izotopdan tuzilgan; 78Kg (0,354% hajmiga nisbatan), 80Kg (2,27%), 82Kg (11,56%), 83Kg (11,55%), 84Kg (56,90%) va 86Kg (17,37%). Uran minerallaridan ajratib olingan Kriptonning izotop tarkibi bundan birmuncha farq qiladi, chunki 235U va 238U parchalanganda radioaktiv izotoplar, mas, 85Kg (T, =10,6 y, r-nurlanuvchi) ham hosil boʻladi. Oksidlanish darajasi +2, at. radiusi 0,198 nm, kovalent radiusi 0,109 nm. Kripton — bir atomli hidsiz va rangeiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 119,80 K; qattiq Kripton ning zichligi 3000 kg/sm³ (OK), suyuq Kripton niki 2412 kg/m³ (120 K), gaz holatdagi Kriptonniki 3745 kg/m³ (273 K, 0,1 MPa) Diamagnetik. Suv va organik moddalar bilan koʻshimchali birikmalar (klatratlar) hosil qiladi. Ultrabinafsha lazerdarda qoʻllaniladigan eksimer birikmalar, mas, KrF, KrCl, KrBr, KrO lar maʼlum.
Kripton(Kr) | |
---|---|
Atom raqami | 36 |
Koʻrinishi | ![]() |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) | 83.8 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | n/a pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) | 1350.0(13.99) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d10 4s2 4p6 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 112 pm |
Ion radiusi | n/a pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) | 0.0 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 2 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | (-153 °C da)2.155 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.247 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0.0095 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 116.6 K |
Erish issiqligi | n/a kJ/mol |
Qaynash harorati | 120.85 K |
Qaynash issiqligi | 9.05 kJ/mol |
Molyar hajm | 32.2 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
Panjara davri | 5.720 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | n/a K |
36 | Kripton |
Kr 83,798 | |
3d104s24p6 |
Atmosferada hajmi jihatidan 1,1410~~4% Kripton boʻlib, uning atmosferadagi zahirasi 5,3-1012 ga teng. Tarkibida uran boʻlgan mineral gazlarda 2,5— 3,0% Kripton bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilgʻilarida 0,04% gacha Kripton boʻladi. Koinotda 6-107 atom Ne ga 1 atom Kripton toʻgʻri keladi. Kripton ning kimyoviy birikmalaridan faqat kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF", KrH+, Ta2 F~ olingan. Kripton havoni parchalashda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. Choʻgʻlanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni toʻldirishda qoʻllanadi. Kripton ning radioaktiv izotopi 85Kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tekshirishda, detallarning yedirilishini nazorat qilishda qoʻllanadi.[1]
Kripton - unsurlar davriy jadvalining 36 unsuri, inert gaz.