![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Woda-6_ubt.jpeg/640px-Woda-6_ubt.jpeg&w=640&q=50)
Krevetkalar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Krevetkalar (lotincha: Natantia) — oʻnoyoqli (qarang Oʻnoyoqlilar) qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. Oʻz. 2—30 sm. Tanasi ikki yon tomondan siqiq. Muskulli qorni boshi va koʻkragiga nisbatan uzun. 1- va 2- juft koʻkrak oyoqlarida qisqichlari boʻladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum soʻzgichni hosil qiladi. Urgʻochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaqlariniki (1- va 2- jufti) kuyikish organi vazifasini ba-jaradi. 2000 ga yaqin turi bor; dengizlar va chuchuk suvda planktonda va suv tubida yashaydi. Suvning oʻta chuqur qismida yashaydigan turlari yogʻdu chiqaradi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Krevetkalar ovlanadigan qisqichbaqasimonlar orasida birinchi oʻrinda turadi. [1]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Woda-6_ubt.jpeg/640px-Woda-6_ubt.jpeg)