![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ab/Kura_River_in_the_central_part_of_Tbilisi%252C_2007-09-28.jpg/640px-Kura_River_in_the_central_part_of_Tbilisi%252C_2007-09-28.jpg&w=640&q=50)
Koʻra
Zaqafqaziyadagi Daryo / From Wikipedia, the free encyclopedia
Koʻra yoki Kura (turkcha: Kura, ozarbayjoncha: Kür, gruzincha: მტკვარი[2], armancha: Կուր[3])— Kavkazortidagi daryo. Oʻz. 1364 km, havzasining maydoni 188 ming km². Old Osiyo togʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib oʻtadi va Kaspiy dengiziga delta (maydoni 100 km²) hosil qilib quyiladi. Koʻra yuqori oqimida togʻlar orasidan shiddat bilan oqadi. Tbilisi shahridan quyida Koʻra vodiysi kengayadi. Koʻra ning kuyilish joyidan 236 km yuqorida unga oʻngdan Araks daryosi quyiladi. Qor-yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyivadi. Oʻrtacha suv sarfi 575 m³/sek. Kuyi qismida kema qatnaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi.Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. Koʻra da Zemo-Avchala, Mingechaur (suv omborlari bilan) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.[4]
Koʻra | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 360[1] |
Suv sarfi | 443 m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | Turkiya, Gurjiston va Ozarbayjon |
Koʻra |