Koumi (yaponcha: 小海町 Koumi-machi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 2012-yilda uy xoʻjaliklarida hisoblangan aholi soni 4676 kishini[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 41 kishini tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 114,20 kvadrat kilometr (44,09 mi²) ga teng.

Qisqa faktlar Koumi 小海町, Mamlakat ...
Koumi

小海町
Shaharcha
Thumb
Thumb
Bayroq
Koumi
Gerb
36°5′42.1″N 138°29′0.6″E
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 114.20 km2 (44.09 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (April 2019)
4 676
Zichligi 41 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0267-92-1192
Thumb
Koumi
Koumi
Yopish
Thumb
Kumidagi Inako koʻli

Shahar talismasi — „Ptylitza“ — gnomga oʻxshash xayoliy kichik jonzot boʻlib, uning tasvirlarini butun shahar boʻylab koʻrish mumkin[2].

Geografiyasi

Koumi Naganoning uzoq sharqiy qismida joylashgan. Eng yaqin shahar — Sakudan mashinada taxminan 40 daqiqalik masofada oʻrnashgan. Nagano shahridan esa 100 km uzoqlikda. Tengu togʻi (2646 metr) Koumi va Chino chegarasida joylashgan, shahar boʻylab Chikuma daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Iqlimi

Shahar nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va nam, qishi esa kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Koumida oʻrtacha yillik harorat 8,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1398 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 20,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,0 °C atrofida boʻladi[3].

Demografiyasi

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Koumi aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.

Batafsil maʼlumot Yil, Aholi ...
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19609,227    
19707,636−17.2%
19807,004−8.3%
19906,63−5.3%
20005,961−10.1%
20105,178−13.1%
20204,353−15.9%
Yopish

Tarixi

Hozirgi Koumi hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Koumi qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. U 1956-yil 30-sentyabrda Kitamaki qishlogʻi bilan birlashtirildi va shahar maqomiga koʻtarildi.

Taʼlim tizimi

Koumi shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda Kitaaiki va Minamiaiki qishloqlari bilan birgalikda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Koumida Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan davlat yuqori maktabi mavjud.

Transporti

Temir yoʻl

  • Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Koumi liniyasi
    • Matsubarako — Koumi — Managashi

Magistral yoʻl

  • Milliy yoʻnalish 141
  • Milliy yoʻnalish 299

Kumi shahridan chiqqan taniqli odamlar

Makoto Shinkai, anime rejissyori. Shinkai oʻzining mashhur „Sening isming“ filmida koʻlni yaratishda oʻz shahridagi Matsubara koʻlidan ilhomlangan[5].

Galereya

Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Thumb
Koumi shaharchasining tabiat manzaralari

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.