Konstantinopolning fathi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Konstantinopolning fathi (qadimgi yunoncha: Ἅλωσις τῆς Κωνσταντινουπόλεως; turkcha: İstanbul'un Fethi) — Vizantiya imperiyasining poytaxti Usmonlilar imperiyasi tomonidan qamal qilinib, soʻngra bosib olinishidir. Shaharni qamal qilish 1453-yil 6-aprelda boshlangan va 53 kun davom etgan. 1453-yil 29-mayda shahar butunlay taslim boʻlgan va bir vaqtlar dunyoning eng kuchli davlatlaridan boʻlgan Vizantiya imperiyasi qulagan.
Konstantinopolning fathi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli-Vizantiya urushi. | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Usmoniylar imperiyasi |
| ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
|
Constantine XI Palaiologos † Loukas Notaras Theophilos Palaiologos † Giovanni Giustiniani Longo Gabriele Trevisano Cardinal Isidore Jakša Orhan Çelebi | ||||||
Kuchlar | |||||||
Quruqlik kuchlari:
Dengiz kuchlari: |
Quruqlik kuchlari:
Dengiz kuchlari:
| ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Nomaʼlum, ammo ogʻir[15] | • 4,000 askar va oddiy xalq oʻldirilgan[16][17] • 30,000 kishi qul qilingan[18] |
Konstantinopol himoyachilaridan ancha koʻp boʻlgan turk askarlariga 21 yoshli Sulton Mehmed II Fotih qoʻmondonlik qilgan. Konstantinopol armiyasiga esa Vizantiya imperatori Constantine XI Palaiologos boshchilik qilgan. Shahar zabt etilgandan soʻng, Mehmed II Fotih Usmonlilar imperiyasi poytaxtini Edirnedan Konstantinopolga koʻchiradi va shaharni Istanbul deb nomlaydi.
Konstantinopolning qulashi Rim imperiyasining davomchisi boʻlgan 1,500 yillik koʻhna davlat Vizantiya imperiyasining qulashi edi. Yevropa va Osiyoni bogʻlab turadigan Konstantinopolning qoʻlga olinishi Usmonlilarga Yevropaga yanada samarali bostirib kirishga imkon berdi va oxir oqibat Bolqon yarim orolining katta qismini Usmonlilar zabt etdilar.
Shaharning qulashi oʻrta asrlar oxirining eng katta va muhim voqeasi boʻlgan va oʻrta asrlar tarixini tugatib, yangi tarixni boshlab bergan voqea sifatida qaraladi. Shaharning qulashi harbiy tarixda ham burilish nuqtasi boʻlgan. Qadim zamonlardan beri shaharlar va qasrlar bosqinchilarga qarshi turish uchun ustunlar va devorlarga tayanib kelgan. Shu bilan birga, Konstantinopolning muhim istehkomlari, katta toʻp va bombardimonlar ko'rinishida, oʻq otish vositasi yordamida yengildi. Yangi qurollardan keng foydalanildi.