Kongo Demokratik Respublikasida davlat toʻntarishiga urinish (2024)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2024-yil 19-mayda Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) davlat toʻntarishiga urinish boʻlib oʻtdi[3]. Prezident Félix Tshisekedi va uning Iqtisodiyot vaziri Vital Kamerheni nishonga olgan kuchli qurollangan bosqinchilar Palais de la Nation va Kamerhe qarorgohiga hujum qilishdi. Bu bilan bir vaqtda Kongo Respublikasi (RCh) poytaxti Brazzavilda portlagan jangovar snaryadlar ham bir nechta jarohatlarga sabab boʻldi.
2024-yilgi Kongo Demokratik Respublikasi davlat toʻntarishiga urinish | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Félix Tshisekedi Vital Kamerhe |
Christian Malanga †[1] | ||||||
Harbiy birliklar | |||||||
![]()
|
![]()
| ||||||
Kuchlar | |||||||
Nomaʼlum | 50+ | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
2 ta politsiya hodimlari oʻldirildi | 4 ta oʻlim 50 ta asir[2] | ||||||
bir qancha aholi jarohatlandi |
Toʻntarishga harakatlar xavfsizlik kuchlari tomonidan tezda toʻxtatildi. Toʻntarishning orkestratori, asli kongolik Amerika fuqorosi Christian Malanga 2010-yilda AQShda roʻyxatdan oʻtgan Birlashgan Kongo partiyasiga asos solgan va 2017-yilda Belgiyada oʻzini Yangi Zair hukumatining prezidenti deb eʼlon qilgan. U urunish paytida oʻldirildi.