From Wikipedia, the free encyclopedia
Klub 27 (inglizcha: 27 Club) — 27 yoshida va aksariyat hollarda gʻalati hodisalar tufayli vafot etgan qoʻshiqchilarning birlashgan nomi[1][2][3][4].
7 musiqachidan iborat roʻyxatga birinchi boʻlib Robert Johnson kiritilgan. Keyinchalik Jimi Hendrix, Jim Morrison va Janis Joplin ushbu roʻyxatga qoʻshilgan. Ushbu klub paydo boʻlishining asosiy sababi sifatida ushbu qoʻshiqchilarning vafoti orasida 10 oygina farq boʻlganligi keltiriladi[3].
Keyinchalik ushbu roʻyxatga Brayan Jons qoʻshilgan. Morrison va Jons bir kunda vafot etishgan edi, lekin 2 yillik farq bilan[3].
Soʻngra klubga oʻz mashhurligi choʻqqisida, 1994-yilda oʻzini otib oʻldirgan Kurt Cobain qoʻshilgan[3][5][6].
Britaniyalik qoʻshiqchi Amy Winehousening 2011-yilgi vafotidan soʻng koʻpgina nashriyotlar uni „Klub 27“ga kiritishgan[3][7][8][9].
Ismi | Tugʻilgan sanasi | Vafot sanasi | Vafot etish sababi | Mashhurligi |
---|---|---|---|---|
Robert Johnson | 1911-yil 8-may | 1938-yil 16-avgust | Rasmiy versiya — mashuqalaridan birning rashkchi eri tomonidan otib oʻldirilgan. Boshqa versiyaga koʻra — strixnin bilan zaharlangan. | Blyuzmen. XX asrning eng mashhur blyuzmenlaridan biri[10] |
Brayan Jons | 1942-yil 28-fevral | 1969-yil 3-iyul | Basseynda choʻkib ketadi, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra — oʻldirilgan[11] | „The Rolling Stones“ guruhi asoschisi, gitarist |
Jimi Hendrix | 1942-yil 27-noyabr | 1970-yil 18-sentabr | dori peredozirovkasi tufayli | Rok musiqa tarixdagi eng yaxshi gitarist sifatida eʼtirof etiladi[12], gitarada ijrosida oʻziga xos uslub yaratuvchisi, qoʻshiqlar muallifi, vokalist |
Janis Joplin | 1943-yil 19-yanvar | 1970-yil 4-oktabr | rasmiy versiyaga koʻra qoʻshiqchi narkotiklar peredozirovkasi tufayli vafot etgan | Blyuz tarixidagi eng yaxshi oq tanli ayol qoʻshiqchilarning biri[13] |
Jim Morrison | 1943-yil 8-dekabr | 1971-yil 3-iyul | Rasmiy versiya — yurak yetishmovchiligi. Lekin u narkotiklar yoki qotillik tufayli oʻlgan degan farazlar ham bor | shoir, qoʻshiqlar muallifi, video, The Doors guruhi solisti, rok musiqa tarixidagi eng mashhur qoʻshiqchilardan biri[14] |
Kurt Cobain | 1967-yil 20-fevral | 1994-yil 5-aprel | Rasmiy versiya — miltiq bilan oʻzini oʻldirish | gitarist, qoʻshiqlar muallifi. Nirvana guruhining aʼzosi. Rok musiqa idollaridan biri |
Amy Winehouse | 1983-yil 14-sentabr | 2011-yil 23-iyul | alkogoldan zaharlanish[15] | Britaniyalik R&B, jazz, soul qoʻshiqchi. Musiqadagi yutuqlari uchun Greatest Britons-2007 egasi; 6 karra „Grammy“ mukofoti sohibasi |
Kurt Cobainning biografi Charles Cross yozgan edi: „27 yoshida vafot etgan qoʻshiqchilar soni rostdan ham koʻp. Odam har doim va xohlagan vaqtida vafot etishi mumkin boʻlsada, 27 yoshda vafot etganlar soni oshib bormoqda“[16].
Avstraliya texnika universiteti olimlari statistik analiz bilan „Klub 27“ni shubha ostiga olishmoqchi boʻlishgan. 1956-yildan 2007-yilgacha boʻlgan davrdagi xit-paradlarda yuqori oʻrinlarni olgan qoʻshiqchilarning hammasi haqida maʼlumotlarni oʻrganib shuni aniqlashdiki, qoʻshiqchilar aynan 27 yoshida eng koʻp vafot etishar ekan. Umuman olganda qoʻshiqchilar qolganlarga qaraganda erta vafot etishadi (asosan 40 yoshgacha). Olimlar 1970–1980-yillar oraligʻidagi yosh qoʻshiqchilar vafoti Britaniya alohisining oʻrtacha olamdan oʻtish koʻrsatkichidan 2–3 barorabar yuqori ekanligini aniqlashdi[17][18].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.