Kiyev arvohi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kiyev arvohi (ukraincha: Привид Києва ,[1] pronounced [ˈprɪʋɪd ˈkɪjeʋɐ]) — 2022-yil 24-fevral Kiyev hujumi chogʻida Kiyev osmonida oltita rus samolyotini urib tushirgan MiG-29 Fulcrumning as uchuvchisi toʻgʻrisidagi afsona. Turli matbuot xizmatlari, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmati ham yuqoridagi xabarni bildirgan. Kiyev arvohi ukrainaliklar uchun ruhiy undovchi vosita va Rossiya-Ukraina urushi paytida Ukrainaning muvaffaqiyati toʻgʻrisida hikoya sifatida eʼtirof etilgan. Yangilik tarqalganidan ikki oy oʻtgach, Ukraina harbiy-havo kuchlari uning afsona ekanligini tan oladi va odamlarni „axborot gigienasining asosiy qoidalarini e’tiborsiz qoldirmaslik“ va „axborotni tarqatishdan oldin manbalarni tekshirish“ga chaqirib ogohlantiradi.[2][3][4]