Kipa (ivritcha: כִּיפָּה) – yahudiy erkaklarning anʼanaviy bosh kiyimi. U kichkina aylana shaklda boʻlib, boshning tepa qismini yopib turadi hamda har bir taqvodor yahudiyning Yaratgan oldida kamtarlik, tavozeʼ, hurmatini ifodalaydi. Eʼtibor qaratilsa, Gʻarbda dinga eʼtiqod qiluvchilar Yaratganga tavozeʼni ifodalashda bosh kiyimini yechishsa, yahudiylarda uni kiyish orqali boʻladi. Kishining boshi kun davomida, ayniqsa ibodat va Tavrotni oʻqish vaqtida uni kiyish zarur hisoblanadi. Ortodokslar kipani har doim kiyib yurishsa, konservatorlar sinagogada va ovqat vaqtida kiyishadi, Reformistlar esa, kipani kiyib yurish zarur emasligini taʼkidlaydilar. Dura-Yevropos sinagogasidagi freskalarga koʻra aytish mumkinki, ellinizm davrida yahudiylar boshlarini yopmagan holda yurganlar. Milodiy I asrda tuzilgan „Sofrim“ traktatida sinagogada tonggi ibodatni bosh kiyimsiz amalga oshirishga ruxsat berilganini koʻrish mumkin. Biroq, nufuzli ravvinlar boshlarini mato bilan yopib olganlar. Oʻrta asrga kelib boshni yopib yurish taqvodor yahudiylarning urfiga kirgan hamda koʻp oʻtmay umumqabul qilgan narsaga aylangan. Kipaning rangi, hajmi, matosiga qarab bir qancha turlari mavjud boʻlib, bu orqali yahudiyning nafaqat taqvodorligi, balki uni qaysi yoʻnalish yoki oqim vakili ekanini ham bilish mumkin. Ashkenazlarda kipa odmi rangdagi matolardan tikilib, tepasi qora, tag qismi oq rangda boʻladi. Sefardlarda esa, hajmi kichikroq boʻlib, rangli va kashta goʻl bilan bezatilganini koʻrish mumkin. Hasidlar esa, kipani shlyapa ostida kiyib yurishadi[1].
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.