Irlandiya yashil dogʻli pishlogʻi From Wikipedia, the free encyclopedia
Keyshl Blu (inglizcha Cashel Blue) — Irlandiyaning Janubiy Tipperari shahrida ishlab chiqarilgan moviy dogʻli pishloq. U britaniyaning friz zotli sigir sutidan tayyorlanadi (inglizcha. Frisonas Britanicas). Sut foydalanishdan oldin pasterizatsiyalanadi[1].
Pishloqni ishlab chiqarish Grab oilasi tomonidan 1984-yilda boshlangan. (Grubb)[2]. Pishloq oʻz nomini Tipperari vodiysi yaqinida joylashgan Keyshl qoyasidan olgan[3]. Pishloqning yangi retseptini yaratuvchilari Daniya Moviy (Danish Blue) pishlogʻiga oʻxshash mahsulot tayyorlamoqchi boʻlishgan. Ammo, kutilmaganda butunlay boshqacha Keyshl Blu pishlogʻi tayyorlandi[1]. Xuddi shu oila hozirda 200 akr hududda joylashgan fermasida pishloq tayyorlash bilan shugʻullanadi[2].
Pishloq nozik taʼmga va yoqimli qaymoqli shaklga ega. Pishib yetilish jarayoni 9 dan 35 haftagacha davom etadi. Pishloq blokining ogʻirligi bir yarim kilogrammni tashkil qiladi[1]. Pishloq yumshoq, nozik tuzilishga va mayda koʻk tomirlarga ega. Mogʻorlagan chiziqlari tufayli Keyshl Blu pishlogʻi koʻk rangga ega boʻlib, mogʻor mavjudligi uning taʼmida seziladi[4]. Pishloq shirin rezavorlar, nok boʻlaklari, viski yoki quruq oq sharob bilan uygʻunlik kashf qiladi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.