Kersti Kaljulaid
Estoniyalik siyosatchi va Estoniya sobiq prezidenti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Kersti Kalyulayd (estoncha: Kersti Kaljulaid; 30-dekabr 1969-yil, Tartu, Estoniya, SSSR) – estoniyalik siyosatchi, 2016-2021-yillarda Estoniyaning beshinchi prezidenti boʻlgan va mamlakat 1918-yilda mustaqillikni eʼlon qilganidan beri birinchi va yagona ayol davlat rahbari[1]. U saylangan paytda 46 yoshda boʻlgan va bu bilan eng yosh prezident ham hisoblanadi[2][3].
Kersti Kaljulaid | |
---|---|
estoncha: Kersti Kaljulaid | |
Estoniya Prezidenti | |
Mansab davri 2016-yil 10-oktyabrdan – 2021-yil 11-oktyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Taavi Ryvas Jüri Ratas |
Oʻtmishdoshi | Toomas Hendrik Ilves |
Vorisi | Alar Karis |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-dekabr 1969-yil (1969-12-30) (54 yosh) Tartu |
Mukofotlari | | |
Yevropa Auditorlar sudida Estoniya vakili boʻlib ishlagan Kaljulaid 2016-yilgi Estoniya prezidentligi saylovi poygasiga avvalgi beshta muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng oltinchi turda kirdi. 2016-yil 30-sentyabrda koʻpchilik parlament partiyalari tomonidan prezidentlikka qoʻshma nomzod va oltinchi turga yagona rasmiy nomzod sifatida koʻrsatilgan. Kaljulaid 2016-yil 3-oktyabrda 81 ovoz va 17 betaraf ovoz bilan prezidentlikka saylangan edi[4][5].