![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f7/Astronaut_Thomas_K._%2528Ken%2529_Mattingly.jpg/640px-Astronaut_Thomas_K._%2528Ken%2529_Mattingly.jpg&w=640&q=50)
Ken Mattingly
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ken Mattingly (talaffuzi: Ken Mattingli 1936-yil 17-mart — 31-oktyabr 2023-yil[1]) — amerikalik sobiq aviator, aviatsiya muhandisi, sinov uchuvchisi, Qoʻshma Shtatlar dengiz floti admirali. Ken Apollon 16, STS-4 va STS-51-C missiyalarida uchgan kosmonavt hisoblanadi.
Ken Mattingly | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Thomas Kenneth Mattingly II 17-mart 1936-yil Chicago, Illinois, AQSH |
Vafoti |
31-oktyabr 2023-yil(2023-10-31) (87 yoshda) AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Sinov uchuvchisi, Astronavt |
Mukofotlari | NASAning „Buyuk xizmatlari uchun“ medali |
Kosmik karyera | |
Daraja |
![]() |
Kosmosdagi vaqt |
21 kun 04 soat 34 daqiqa |
Tanlash | 1966-yil NASA 5-guruhi |
Jami EVAs |
1 |
Jami EVA vaqti |
1 soat 23 daqiqa |
Missiyalar | Apollon 16, STS-4, STS-51-C |
Missiya belgisi |
![]() ![]() ![]() |
Isteʼfo | 1985-yil iyun |
Ken Apollon 13 missiyasida uchishi rejalashtirilgan edi, biroq u uchirilishidan uch kun oldin nemis qizamiqi bilan kasallanganligi sababli uning oʻrnini Jack Swigert egalladi. Keyinchalik Ken Apollon 16 uchun qoʻmondon moduli uchuvchisi sifatida oyga uchdi. Ken Oyga uchgan 24 kishidan biri hisoblanadi. Ken va “Apollon 16” komandiri John Young Oyga uchib, kosmik kemaning orbital missiyasini amalga oshirgan yagona odamlardir.
Apollon 16 ning Yerga qaytishi paytida, Ken kosmik kemaning tashqi qismidan, (qoʻmondonlik va xizmat koʻrsatish moduli) plyonkali kasetlarni olish uchun ekstravehikulyar faoliyatni (EVA) amalga oshirdi. 2022-yil holatiga koʻra, ushbu EVA Apollon dasturining J-missiyalari davomida amalga oshirilgan uchta EVAdan biri boʻlib qolmoqda[2].