![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/59/Kegeyli_tumani.png/640px-Kegeyli_tumani.png&w=640&q=50)
Kegeyli tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kegeyli tumani - Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1928-yil 3 sentabrda Chimboy tumanidan ajratib tashkil etilgan. Chimboy, Nukus, Qoraoʻzak, Boʻzatov tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,94 ming km2. Aholisi 58,2 ming kishi (2000). K.t.da 1 shahar (Xalq-obod), 1 shaharcha (Kegeyli) va 6 ovul fuqarolari yigʻini (Abat, Janabozor, Jalpaqjap, Kumshunkoʻl, Oqtoʻba, Qiziluy) bor (1998). Markazi — Kegeyli shaharchasi. Kegeyli atamasining kelib chiqishini tuman va Kegeyli shaharchasi hududidan oqib oʻtadigan Kegeyli kanali nomi bilan bogʻlaydilar. Bu kanalning ikki tomoni kegay daraxtlari, turangʻillar bilan burkanib turganligi uchun u Kegeyli nomini olgan deyiladi. Ushbu nom keyinchalik shaharcha va tuman nomiga aylangan.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qoraqalpogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Kegeyli |
Asos solingan sanasi | 1930 |
' | Dawletbay Utemuratov [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
42°46′32″N 59°36′37″E |
Yopish