From Wikipedia, the free encyclopedia
Kavkabiy Najmiddin Buxoriy (? Buxoro — 1532, Eron) — musiqashunos, shoir, bastakor. Musiqa ilmi va amaliyotining turli masalalariga doyr ilmiy risolalar yozgan. Forobiy, Safiuddin Urmaviy, Omuliy, Abdulqodir Marogʻiy va Xoʻja Yusuf Burhon Andijoniy asarlariga tayangan holda Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib, oʻz nazariy qarashlarini zamonasining musiqa amaliyotiga yaqinlashtirishga intilgan. Fors tilidagi "Risolaimusiqiy"da ilmi musiqiy, oʻn ikki maqom tizimiga oid nazariy tushunchalar berib, turli zarb-usullarning nomini keltirib taʼriflagan, kuyning amaliyotidagi xillari haqida maʼlumot bergan. K. maqomlarni kecha-kunduzning qaysi soatlarida ijro etilishi va har xil ruhiy holatdagi kishilarga taʼsiri masalalarini bayon etgan. Oʻz risolasida turli musiqa asboblari, kuylar va maqomlarning paydo boʻlishi haqida afsonalar, gʻazallar keltirib, umuman, qad. Sharq musiqiy estetikasi anʼanalarini davom ettirgan. Hasan xoja Nisoriy va Darvishali Changiy maʼlumotiga koʻra, K. kulliyot, qavl, amal, savt, naqsh, rexta va b. shakllarda musiqa asarlari yaratib, maqomlarga mos gʻazallar ham bitgan. Sheʼrlarida islom va musika mavzuiga yangilik olib kirib, musiqaning ilohiy kuchini tarannum etgan. Alisher Navoiy K.ga isteʼdodli yosh shoir sifatida eʼtibor bergan. Risolaning nusxalari Sankt-Peterburg , Dushanba, Toshkentdagi sharqshunoslik institutlarida saqlanadi.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.