Katta tarix
From Wikipedia, the free encyclopedia
Katta tarix (en:Big History) — bu Katta portlashdan hozirgi kungacha yagona ketma-ket jarayon sifatida koinot rivojlanishining ajralmas (integral) modeli. Eng umumiy davrlashtirishda u quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
- Astronomik (Katta portlash sodir boʻlgan paytdan to hozirgi kungacha boʻlgan koinot tarixini, shuningdek, Somon yoʻli galaktikamiz tarixini oʻrganadi);
- Geologik (sayyoralar tarixini va birinchi navbatda, Yerning barcha 4,6 milliard yillik tarixini, shu jumladan Yerning kelajakdagi rivojlanishining mumkin boʻlgan farazlarini oʻrganadi);
- Biologik (taxminan 550 million yil oldin Kembriy portlashidan keyingi biologik tarixni oʻrganadi);
- Ijtimoiy (insoniylikning ketma-ket oʻzgarishini oʻrganadi (gominidlar) va Quyi paleolitdan postindustrial sivilizatsiyagacha boʻlgan inson jamoalari);
- Mikrotarixiy (mikrokosmosdagi sikllar va hayot tarixi yaʼni mikrozarrachalarning shakllanishi va parchalanishi tadqiq etish. Bu hozirda bahsli hisoblanmoqda).
Katta tarix 1990-yillarning boshlarida evolyutsion kosmologiya tushunchalari, koinot, Yer, hayot va jamiyat rivojlanishining aniq uzluksizligi Antropik prinsipda bilvosita aks etganligi keng eʼtirof etilgach, maqsadli yoʻnalish sifatida shakllandi. Universal evolyutsionistlarning fikriga koʻra, biz uchun mavjud boʻlgan dunyoni retrospektiv tarzda koʻrib chiqish tobora „gʻalati“ („gʻalati attraktor“) boʻlib qoldi hamda bizning mavjudligimiz va sayyoramiz sivilizatsiyasi hozir boshdan kechirayotgan holat - bu „ajabtovur“ dunyoning koʻrinishlarining mohiyatidir[1][2].