![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d7/Rafael_Casanova_11_Setembre.jpg/640px-Rafael_Casanova_11_Setembre.jpg&w=640&q=50)
Kataoniya milliy kuni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kataloniya milliy kuni (kat. Diada Nacional de Catalunya) har yili 11- sentabrda nishonlanadi[1]. U 1714-yilda Barselona qamali yakunlangani munosabati bilan nishonlanadi. Ispaniya qirollik taxti uchun urushning soʻnggi jangi oqibatida kataloniyaliklar oʻz muxtoriyatini boy bergan. Urush a jang gʻolibi, Ispaniya qiroli Filipp V (oʻsha vaqtda Anjuy gersogi) Kataloniya zodagonligi archgertsog Charlz VI’ga, uning tomonidan Ispan qirollik taxtini egallashida qoʻllab-quvvatlangani, shu jumladan, harbiy koʻmak koʻrsatganiuchun jazo sifatida Aragon Qirolligi va Kataloniyaning barcha huquq va imtiyozlarini bekor qilgan. Shu bilan qirollik tugatilgan.
Kataoniya milliy kuni |
---|
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d7/Rafael_Casanova_11_Setembre.jpg/640px-Rafael_Casanova_11_Setembre.jpg)
1980-yilda oʻz faoliyatini qayta boshlagan Kataloniya generalitati (muxtoriyat hukumati) oʻzining ilk qarori bilan 11-sentabrni Diade (kat. La Diada) — Kataloniya milliy kuni deb eʼlon qildi.
Kataloniyaning millatchilik kayfiyatidagi tashkilotlari va siyosiy partiyalari shakllangan anʼanaga koʻra, Rafael Kazanova yodgorligi poyiga gul qoʻyadi. U fransuz-ispan armiyasining Barselona shahar oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlarini boshqargan va 1714-yilda Barselona himoyasida katta rol oʻynagan. Shu bilan Kataloniya millatchiligining „ustunlaridan“ biriga aylangan.
11-sentabr kun davomida turli siyosiy aksiyalar, namoyishlar, konsertlar, bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi. Barselonaning koʻplab fuqarolari oʻz kiyimlariga milliy ramzlar tushirilgan timsollarni taqadi, balkonlarda Kataloniya milliy bayroqlari osiladi[2].