![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/59/Catania_panorama.jpg/640px-Catania_panorama.jpg&w=640&q=50)
Kataniya
Italiya kommunalari / From Wikipedia, the free encyclopedia
Kataniya — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya orolning sharqiy sohilida. Etna vulkanining etagida. Kataniya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 330 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).
Kataniya — transport yoʻllarining muhim tuguni. Oʻrta dengiz sohilidagi port. Kema remonti, verf, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo va radioelektronika sanoati, oziq-ovqat, shoyi va ip gazlama, yogʻochsozlik, keramika korxonalari, vagon remonti ustaxonalari mavjud. Shahar yakinida tabiiy gaz konlari topilgan.
Universitet (15-asrdan), astrofizika rasadxonasi, vulkanologiya instituti, konservatoriya, opera teatri, botanika bogʻi bor. Yunon va Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklarining qoldiqlari, qasr (14-asr), sobor (11 — 18-asrlar) saqlangan. K.ga mil. av. 8-asrda asos solingan. Kataniya oʻzining musiqa anʼanalari bilan mashhur.[1]