![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/KarismaKapoor05.jpg/640px-KarismaKapoor05.jpg&w=640&q=50)
Karisma Kapoor (filmografiyasi)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Karisma Kapoor hind filmlaridagi faoliyati bilan mashhur hind aktrisasi. Kapoor oʻzining oʻn yetti yoshida aktyorlik debyutini 1991-yilda “Sevgi asirlari” romantikasi bilan boshlagan va bu film kassalarda muvaffaqiyat qozongan.[1] Keyin u muvaffaqiyatli filmlarda, “Sevgi haqida orzular” (1992) va “Jigarbandim” (1992) dramasida namoyon boʻlgan. Kapoor oʻzining birinchi tijoriy muvaffaqiyatiga “Anari” (1993) ishqiy jangovar dramasidagi bosh rolda erishgan, film yahshi baholangan va 1993-yilda eng yuqori daromad keltirgan hind filmlaridan biri boʻlgan.[2] 1993-1996 – orasida u bir qancha muvaffaqiyatli filmlarda, jumladan “Raja Babu” (1994), jangovar drama “Tuhmat” (1994), “Men ustozimni sevaman” (1994), Komediyalar “Birinchi raqamli hammol” (1995), “Hayot tilsimi” (1996) va “Birinchi raqamli qahramon” (1997) va jangovar triller “Qotilning muhabbati” (1996) filmlari. Ushbu filmlarning muvaffaqiyati uning faoliyatida burilish nuqtasi boʻlib, Kapoorni hind kinosida yetakchi aktrisa sifatida belgilab bergan.[3]
![An image of Karisma Kapoor.](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/KarismaKapoor05.jpg/320px-KarismaKapoor05.jpg)
2003-yilda Kapoor biznesmen Sanjay Kapoorga turmushga chiqqan va filmlardan taʼtil olgan.[4] Biroq, u Sahara One telekanalining “Karishma — taqdir mo’jizasi” (2003-2004) teleserialida paydo boʻlgan va shu vaqt ichida turli realiti-shoularni, jumladan, mashhur Nach Baliye raqs shousiga (2008-2009) hakamlik qilgan.[5] 2011-yilda u “Soqchi” trilleridagi Chhaya roli uchun oʻz ovozini bergan, u chiqqandan keyin koʻplab rekordlarni yangilagan.[6] U “Xavfli ishq” (2012) davriy dramasi bilan oʻzining aktyorlik mahoratini filmlarga qaytardi, unda u toʻrt xil oʻtmish hayotiga tegishli toʻrt xil personajni oʻynagan. Bu tijorat muvaffaqiyatsizligi boʻlib chiqdi, ammo Kapoor uning faoliyati uchun minnatdorchilikka sazovor boʻlgan.[7][8] “Xavfli ishq” filmi chiqqandan keyin u yana filmlardan taʼtil olgan.[9][10] 2020-yilda u Mentalhood filmida bosh rolni ijro etib, televideniye debyutini qilgan.