Karamelli puding
From Wikipedia, the free encyclopedia
Karamelli puding (fransuzcha: crème caramel yoki flan au karamel) yoki flan (ispancha: flan)[1] — tuxum, shakar, sut va boshqa masalliqlardan tayyorlanadigan va ustiga karamel[2] suriladigan shirin taom. Odatda Ispaniya bilan bogʻlanadi[3][4][5]. Ispaniya va Portugaliyada standart desert[6] sanaladi. Angliya va Fransiyada ikki xil taom „flan“ deyiladi: 1. karamelli puding va 2. ustiga meva, krem yoki pishloq qoʻyilgan pishiriq yoki pechenye (odatda yumaloq) (pastga qarang Flan). Ispan va portugal tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda (Ispaniya va Portugaliya, bu yerda odatiy shirinlik, Meksika va boshqalar) „Flan“ bitta maʼnoga ega — faqat karamelli pudingni bildiradi[6][7].